So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qanday? Yangiliklar

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qanday?

Bugun O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 2-saralash bosqichidan o'rin olgan guruhdagi so'nggi uchrashuvda Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur o'yin bilan parallel ravishda Vetnam terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi. O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bundan avvalgi ikkita o'yinda 1ta mag'lubiyat va 1ta g'alaba qayd etgan. Vetnam terma jamoasidan 2:1 hisobida mag'lub bo'lib, Iordaniya darvozasiga javobsiz 2ta gol kiritgan.

Hozirda terma jamoamiz 3 ochko jamg'arib, guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati bizda +1, yani raqib darvozasiga 3ta gol kiritib, o'z darvozamizdan 2ta gol o'tkazib yuborganmiz. Vetnam terma jamoasi esa ikkita o'yinda g'alaba qozongan holda, guruhda 1-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati Vetnamda +2, yani vetnamliklar raqib darvozasiga 4ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 2ta gol o'tkzaib yuborishgan. Guruhdan keyingi bosqichga faqat bitta jamoa chiqishini ham eslatib o'tish zarur.


#

Jamoa

O'yin

G'alaba

Durang

Mag'lubiyat

T-n

Ochko

1

Vetnam

2

2

0

0

4-2

6

2

O'zbekiston

2

1

0

1

3-2

3

3

Gonkong

2

0

1

1

1-2

1

4

Iordaniya

2

0

1

1

0-2

1


O'zbekiston ayollar terma jamoasi keyingi bosqichga yo'l olishi uchun bugun Gonkongni istalgan hisobda mag'lubiyatga uchratishi, Vetnam esa istalgan hisobda Iordaniyaga mag'lub bo'lishi kerak.

Masalan, bugun biz 1:0 hisobida g'alaba qozonsak, Vetnam esa xuddi shu hisobda mag'lubiyatga uchrasa, ochkolar bo'yicha tenglik yuzaga keladi. Bu holda to'plar nisbatiga qaraladi. To'plar nisbati bizda +2 ko'rinishini oladi. Vetnamda esa +1 ko'rinishiga kelib qoladi. Bu holda yo'llanma O'zbekistonga nasib qiladi.

Ko'rinib turganidek, Vetnamda imkoniyat yaxshiroq. Ular bugun durang qayd etishsa ham keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. O'zbekiston esa faqat g'alaba qozonishi va Vetnamning mag'lubiyatini kutishga majbur.

Bugungi uchrashuvda O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика