O'zbekiston ayollar terma jamoasi Franciyaga etib bordi
04 iyu 12:17
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Franciyaga etib bordi
O'zbekistonliklar FIFA reytingida 2-o'rinni egallab turgan, 2024 yilgi Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qilayotgan Franciya terma jamoasiga qarshi o'rtolik o'yini uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar bergandik. SHuningdek, ushbu safar uchun vakillarimizning barcha xarajatlarini Franciya futbol federaciyasi o'z bo'yniga olgani haqida "Eshitdik-da" rukni orqali malum qilgandik.
Toshkent vaqti bilan bugunga o'tar kechasi O'zbekiston ayollar terma jamoasi delegaciyasi Franciya poytaxtiga etib borgan.
Eslatib o'tamiz, ertaga, 5 iyul kuni terma jamoamiz Parijda Franciya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Qayd etish lozim, hamon bosh murabbiysiz bo'lib turgan ayollar terma jamoamizga ushbu safarda O'zbekiston U-18 ayollar terma jamoasi ustozi Vladimir Panov boshchilik qilmoqda.
Fikrlar