So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

O'zbekiston atletlari Bodibilding bo'yicha JCHda olingan oltin medallar hisobida rekordni qo'lga kiritdilar Yangiliklar

O'zbekiston atletlari Bodibilding bo'yicha JCHda olingan oltin medallar hisobida rekordni qo'lga kiritdilar

Teglar :  Bodibilding
4-6 oktyabr kunlari Toshkentda, O'zbekiston tarixida ilk bora, Bodibilding va jismoniy sport turlari bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tib, uning yakunlariga ko'ra o'zbek sportchilari 10 ta oltin medal sohibi bo'ldilar.




Osiyo Olimpiya kengashining vice-prezidenti Otabek Umarov ushbu tadbirga quyidagicha izoh berdi: «Toshkentda bo'lib o'tgan Bodibilding bo'yicha jahon chempionati shunchaki turnir emas, haqiqiy sport bayramiga aylana oldi. Bu faqat mening shaxsiy xulosam emas, balki atletlar, delegatlar va musobaqa mehmonlarining umumiy fikridir. WBPF rahbariyati aytishicha, hech qaysi birinchilik Toshkentdagidek kabi keng ko'lamga ega bo'lmagan, O'zbekiston esa Humo Arena kabi ulkan inshootni taqdim qilgan holda, tashkiliy jihatdan eng yuqori saviyani ko'p yillar uchun avvaldan namoyon etdi. Sportchilarimiz ham alohida tahsinga loyiq. Ular tarixda ilk bora erkaklar o'rtasida ham ayollar o'rtasida ham umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab, o'nta oltin medalni qo'lga kiritdilar. Ushbu o'n nafar chempionning timsoli juda ko'plarni sport bilan professional shug'ullanishga bo'lmasa ham, kamida sog'lom turmush tarziga ilhomlantirganiga ishonchim komil».




O'zbekiston Respublikasining vakillari qatoridan oltin medal sohibi bo'lgan sportchilar:

● Model-fizik (ayollar), 21 yoshgacha yuniorlar uchun - Evelina Yusupova;
● Model-fizik (ayollar) ochiq toifa: Elena Bekirova.
● Bodibilding (erkaklar) 75 kg gacha - Jahongir Jo'raev; 85 kg gacha - Farhod Baxriev; 100 kg dan ortiq - Vitaliy Skripachev.
● Model-fizik (ayollar) 155 sm gacha - Evelina Yusupova; 160 sm gacha - Milena Prudtskix;
● Sport-fizik (erkaklar) 170 sm gacha - Xait Xasanov; 180 sm gacha - SHuhrat Abdaliev; 180 sm dan - Abrorbek Iminjonov.

CHempionatning uch kuni natijalariga ko'ra, O'zbekiston tarixda ilk bora umumjamoa hisobida ikkinchi o'ringa chiqdi.




Erkaklar umumjamoa hisobida etakchilar:
● Hindiston - 585 ochko;
● O'zbekiston - 440 ochko;
● Eron - 330 ochko.


Ayollar umumjamoa hisobida etakchilar:
● Vengriya - 515 ochko;
● O'zbekiston - 425 ochko;
● Mo'g'uliston - 240 ochko.




Tadbir yakunida WBPF prezidenti Datuk Pol CHua, WBPF bosh kotibi CHetan Patare, ijrochi direktori Kristina Kam, UZFBF federaciyasining prezidenti Odil Abdurahmonov, hamda UZFBF vice-prezidenti Timur Sobirov barcha ishtirokchilarni munosib chiqish bilan tabriklab, turnirning barcha tashkilotchilariga, hamkor va homiylariga hamda 7SABER sport kiyim brendiga minnatdorlik bildirdilar.



Reklama huquqi asosida
Reyting: -15   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика