So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

O'zbekistonda ilk bor bodibilding va jismoniy sport turlari bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi! Yangiliklar

O'zbekistonda ilk bor bodibilding va jismoniy sport turlari bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi!

Teglar :  ReklamaBodibilding
4-6 oktyabr kunlari Toshkentda 7SABER brendi ko'magi asosida Humo Arena sport majmuasida bodibilding bo'yicha XII jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Musobaqada 150 dan ortiq delegaciya vakillari ishtirok etadi hamda sportchilarning umumiy soni 350 nafarni tashkil qiladi.




Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov bu haqida shunday dedilar: «Davlatimiz rahbarining shaxsan sportni rivojlantirishga qaratayotgan etiborlari nafaqat olimpiadachilarimiz va paralimpiyachilarimizning ajoyib yutuqlarini belgilabgina qolmay, balki O'zbekistonda yangi sport davrining boshlanishining dalolati bo'ldi. Butun dunyo pandemiya oqibatlarini boshdan kechirishda davom etmoqda: bo'sh o'rindiqlar bilan o'tadigan musobaqalar yangi voqelikning belgisiga aylandi desak mubolag'a bo'lmaydi, shuning uchun muxlislar ishtirokida jahon chempionatini o'tkazish istagi — chindan ham dadil va jiddiy qadamdir. Ishonchim komilki, musobaqa tashkilotchilari barcha ehtiyot choralarini ko'rishadi va Toshkentdagi jahon chempionati chindan ham haqiqiy sport bayramiga aylanadi».

Jahon chempionati doirasida erkaklar va ayollar uchun musobaqada quyidagi toifalar taqdim qilingan:

• «Bodibilding» – muskullarning eng katta hajmiga ega sportchilar bellashadigan musobaqaning eng mashhur toifasi;

• «Atlet-fizik» – bu toifada sportchilar o'zining mashg'ulotlari, ovqatlanish va turmush tarzini ideal jismoniy holatiga erishish uchun tuzadilar;

• «Fitnes-fizik» – bu toifada qaddi-qomat, elastiklik, nafislik, texnika va estetika baholanadi, bundan tashqari akrobatika elementlari ham hisobga olinadi;

• «Model-fizik» – bu toifada sportchilar maqbul mushaklar massasiga ega kelishgan tana tuzilishlarini namoyish qilishlari kerak;

• «Sport-fizik» – bu toifada tananing vazni, tuzulishi va jismoniy holati hisobga olinadi.

WBPF prezidenti Datuk Pol CHua: «Jahon chempionati uzoq tanaffusdan so'ng o'tkazilmoqda – biz butun dunyodagi pandemiya tufayli 2020 yilgi mavsumni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldik. Bu borada biz o'zbekistonlik hamkorlarimiz musobaqani keng-ko'lamda o'tkazish niyatida ekanlikladan juda ilhomlanib, faxrlanmoqdamiz. Ishonch bilan ayta olamanki, bo'lajak musobaqa misli ko'rilmagan darajada tashkil etiladi: bir necha hafta oldin WBPF vakillari bo'lajak musobaqalar obektlariga inspekciya tashrifi bilan qadam ranjida etishdi va uning ko'lamidan boshlari osmonga etdi. Men hamma narsani Toshkentda o'z ko'zlarim bilan ko'rishni orziqib kutmoqdaman».

Keng ko'lamli tadbirni o'tkazib yubormang va eng yaxshi joylar uchun chiptalarni xarid qiling:  CHIPTA XARID QILISH
SHuningdek, musobaqa youtube kanalida ham JONLI EFIRDA uzatiladi:

Instagram

Telegram

Facebook 


Reklama huquqi asosida

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика