So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

O'zbek tilining grammatikasini bilmagan PFLdan yana nima kutish mumkin? Yangiliklar

O'zbek tilining grammatikasini bilmagan PFLdan yana nima kutish mumkin?

Men ona tilimni juda hurmat qilaman va doim uni asrab-avaylash harakatida bo'laman. O'zbek tili bor – biz bormiz.
Ko'cha-ko'yda yurganda ham ko'pincha atrofdagi yozuvlarga, reklama bannerlaridagi yozuvlar qanchalik to'g'ri yozilgan-yozilmaganiga etibor berib yuraman. Agar biror joyda o'zbek tilining grammatikasi bilan bog'liq imloviy xatoga ko'zim tushsa jig'ibiyron bo'laman, asabim qo'ziydi. Qaysi farosatsiz odamning ishi bu degan xayolga boraman.

Kecha bazi ishlar bilan bo'lib “Bunyodkor” – “Qizilqum” bahsiga bora olmadim. SHunday bo'ldiki, o'yinni TV orqali ko'rishga to'g'ri keldi. O'yinga to'xtalish niyatim yo'q, meni ko'proq madyon atrofidagi reklamalar o'ziga tortdi. Bu stadionda yaqindagina “Bunyodkor” – “Al Jaish” uchrashuvi o'tkazilgandi. Kecha oliy ligamiz o'yini bo'lib o'tdi. Lekin etibor berib qarasam, reklamalar o'sha-o'sha, yani Osiyo chempionlar liagsi paytida maydonning uchta qismini bezab turadigan Nikon, DHL, Epson, TOSHIBA va yana boshqa firmalar nomi.



Faqat o'rtada bizniki turibdi: O'FF rasmiy sayti bilan PFLning kengaytirilgan yozuvi. Qani, “Bunyodkor”ning homiy va hamkorlari? Bir tomondan shuncha ovoragarchilikning nima keragi bor dersiz. Axir uch kundan keyin shu stadionda yana OCHL o'yini bo'lib o'tadi. Hadeb reklama to'siqlarini u yoqdan bu yoqqa ko'chirishdan nima foyda? Baribir oliy ligani o'tkazadigan tashkilotga maydon atrofida qanaqa reklamalarning turishi qiziq emas-ku. PFL uchun faqat o'ziniki tursa bas. Asosiysi, O'FF va PFL bannerlari bo'lsa bo'ldi.



Masalan, kechagi o'yinda PFL matbuot kotibi Grigoriy Rtveladze komissarlik qildi. Axir uchrashuv komissarining vazifasi mana shunday detallarga etibor berish emasmi? Mezbon jamoa “Bunyodkor” bo'lgani uchun shundoq klub rahbariyatiga uchrashib, “Kechirasiz, bu TOSHIBAning bugungi o'yinga nima aloqasi bor? Yoki sizlar bilan hamkorlik tuzdimi?” deb so'rasa bo'ladi-ku. Nafaqat Rtveladze, balki PFL rahbari Farhod Magometov ham borib so'ramaydi. CHunki ular uchun maydon atrofidagi yozuvlarga etibor bergandan ko'ra o'yinning tezgina imi-jimida o'tib ketgani afzal. Keyin kim yomon – jurnalist yomon, nuqul xato va kamchiliklarni qidirib yuradi.

Mayli, biz yomon bo'laylik, lekin o'zbek tilining grammatikasi bu darajada buzilishiga qanday qarab turish mumkin? OAVni hurmat qilmasangiz ham, hech bo'lmasa ona tilimizni hurmat qiling, axir bolangiz ham shu tilda gapiradi-ku! Ana endi yozuvga etibor qaratamiz. Bu o'sha Superkubok paytidagi “Jar”da turgan reklama to'sig'i. Bu haqda o'yindan keyin hamkasbim Nodirxo'ja Yuldashev ham yozdi. Lekin atrof hamon jimjit. Reklamada so'zma-so'z xuddi shunday yozilgan: O'ZBEKISTON PROFFESSIONAL FOOTBALL LIGASI – to'rtta so'zning uchtasida xato. Aslida O'zbekiston so'zi lotin yozuvida O‘ZBEKISTON deb yoziladi. Professional so'zida bitta “f” bo'ladi. Yani, PROFESSIONAL. FOOTBALL so'zi esa ingliz tilida yozilgan bo'lib, o'zbek lotin yozuvida FUTBOL deyiladi. Faqat LIGASI to'g'ri yozilgan. So'zma-so'z imloviy xatolarsiz yozadigan bo'lsak, O‘ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI deyiladi.

Biz tushunamiz, ko'pchilik futbol kishilari (mutaxassislar, murabbiylar, futbolchilar) o'zbek tilining imloviy qoidalarini bilmasliklari mumkin. Lekin hech bo'lmasa oddiy o'rta maktabdan birorta ona tili o'qituvchisiga murojaat qilib, iltimos, shuni bir ko'rib bering, to'g'ri yozilganmi deb so'rasa bo'ladi-ku. Yoki bo'lmasa PFLda faoliyat yuritayotganlardan birontasining qarindosh-urug'ida o'qituvchi bordir. Albatta, bu kabi xatolar uchun tashkilot rahbarini tanqid qilishdan yiroqmiz. Lekin PFL matbuot kotibi bunday kamchilikka befarq qarab turmasligi lozim. Axir matbuot kotibi – avvalo jurnalist, u o'zbek tili grammatikasidan ozmi-ko'pmi xabardor bo'lmog'i lozim. Yozuvni bosmaga berishdan oldin bir og'iz matbuot kotibi bilan maslahatlashsa bo'ladi-ku, “Uka, shuni bir ko'rib bergin” degan manoda.

Tilga etibor – elga etibor deb bejizga aytilmagan. Imloviy xatolardan qancha holi bo'lsak, xalq bizni shuncha hurmat qiladi, etiborga oladi. Stadionga tomoshabin kam tushgan bilan efir orqali o'yinni ko'pchilik ko'radi va bunday xatolarga ko'zi tushgan odamning asabi o'ynaydi. Umid qilamizki, ichki birinchilikning keyingi o'yinlarida oliy va birinchi ligani nazorat qilayotgan PFL nafaqat maydon atrofidagi boshqa reklama to'siqlariga, balki o'zi tomonidan qo'yiladigan bannerlarga ham yanada etiborliroq bo'ladi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика