So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   7 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

O'zbek futbolining kelajagi, Filippo Indzagining etiboriga tushgan Jasur Jaloliddinov 18 yoshga to'ldi Yangiliklar

O'zbek futbolining kelajagi, Filippo Indzagining etiboriga tushgan Jasur Jaloliddinov 18 yoshga to'ldi

Bugun futbolimizning ertasi va buguni deb qaralayotgan iqtidorli yosh futbolchi, “Bunyodkor” jamoasi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

2002 yil 15 may kuni Navoiy shahrida tug'ilgan bolakay 4-5 yoshidan millionlar o'yiniga mehr qo'yishni boshlaydi. Jaloliddinov istiqomat qiladigan uyning yaqinida futbol maydoni bo'lgan, u erda esa ko'plab bolalar mashg'ulot olib borardi. U o'zining tengqurlari bo'lmagani bois o'zidan ikki va uch yosh bolalar bilan shug'ullanadi. Ilk murabbiyi Abror Pirnazarov shogirdiga qo'lidan kelgan barcha narsalarni o'rgatadi. Malumot o'rnida aytish joizki, hozirda “Nasaf” jamoasida harakat qilayotgan Islom Kenjaboev ham ushbu mutaxassis qo'l ostida Jasur bilan birgalikda futbol "alifbosi"dan saboq oladi.

Futbolchi Navoiy BO'SM tarkibida Samarqanddagi Respublika musobaqasiga borganida Otabek G'ulomxo'jaev ustozligidagi “Bunyodkor-2002” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. SHundan so'ng G'ulomxo'jaev uni klub akademiyasiga taklif qiladi. Toshkentga kelganida uning yosh toifasidagi jamoaga Sergey CHigodaev murabbiylik qilardi. Tez orada o'z iqtidori bilan barchaning etiborini tortgan Jaloliddinov SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi o'rinbosarlar jamoasiga taklif qilinadi.



2018 yil 16 yoshida asosiy tarkibga jalb qilingan qahramonimizni “Qo'qon-1912” qarshi uchrashuvda Mirjalol Qosimov oxirgi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushiradi. Bu haqda o'yinchining o'zi shunday eslaydi. “SHunday insonni qo'l ostida o'ynash men uchun faxr bo'lgan. Garchi, maydonga tushmasamda asosiy tarkib bilan birga yurardim. Sport formamni ushlab turishi uchun esa o'rinbosarlar tarkibida harakat qilardim. Buning uchun Mirjalol Qo'shoqovichga minnatdorchilik bildiraman”. O'sha yili u yil yakunida “eng yaxshi yosh futbolchi” nominaciyasida kuchli uchlikdan o'rin oldi.

O'tgan mavsum boshida jamoaga kelgan mutaxassis Vadim Abramov qishki yig'inlar davomida ko'plab futbolchilarni saralab oladi va tarkibni shakllantirishni boshlaydi. Murabbiy albatta Jaasurga ham etibor qaratadi. Hali 17ga ham kirmagan futbolchini darhol asosiy tarkibga kiritadi. 2019 yilgi Superliganing uchinchi turida “Navbahor”ga bilan bellashuvda u jamoadagi o'zining debyut golini uradi. Tobora o'zini ko'rsatib borayotgan iqtidor sohibining “Andijon” darvozasiga kiritgan ajoyib to'pi ko'pchilikning olqishiga sabab bo'ldi.



Oktyabr oyiga kelib jahonga mashhur, Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri 2002 yilda tug'ilgan eng istedodli 60 nafar futbolchini nomini elon qildi. Ansu Fati (“Barselona”), Lyusen Agum (“Inter”), Pablo Mareno (“Yuventus”) kabilar bir qatorda hamyurtimiz Jasur Jaloliddinovni ham etirof etdi. Bu uning uchun katta yutuq edi.

Mavsum so'ngida unga Italiyadan qiziqishlar bo'layotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Italiya B Seriyasi vakili bo'lgan “Benevento” futbolchimizga og'iz solgandi. SHaxsan murabbiy Filippo Indzagining o'zi o'zbekistonlik yarim himoyachiga qiziqish bildirgandi.

Yil so'ngida mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida u 2019 yilning “eng yaxshi yosh” futbolchisi deb topildi va maxsus sovringa loyiq deb topildi. “Bunyodkor” bilan esa chempionatning bronza medallariga ega chiqdi. Haqiqatdan ham Jaloliddinov o'tgan mavsumning kashfiyot futbolchilaridan biri bo'ldi. Joriy yilda esa u “qaldirg'ochlar” bilan yana sovrinlar yutishni maqsad qilgan. "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritgach, Jasur o'z fikrlarini bildirgan edi:





Fursatdan foydalanib saytimiz xodimlari nomidan Jasur Jaloliddinovni tug'ilgan kuni bilan tabriklab qolamiz. Unga eng samimiy tilaklarimizni tilaymiz!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика