So’nggi yangiliklar

17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  0 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  3 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  4 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  10 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  2 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  4 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  13 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  20 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  5 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  4 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  6 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0

O'z omadini Bangladeshda sinab ko'rgan buxorolik yigit Yangiliklar

O'z omadini Bangladeshda sinab ko'rgan buxorolik yigit

Oxirgi yillarda muxlislarimiz Bangladesh chempionatiga befarq emasdek.

Boisi o'zbekistonlik futbolchilarning har yili ushbu davlat chempionatiga borib, faoliyat yuritishi tobora urfga aylanib bormoqda. Buxorolik Evgeniy Kochnev shular jumlasidandir.

Taniqli murabbiy Gennadiy Kochnevning farzandi bo'lgan Evgeniyga bundan bir necha yillar avval kelajagi porloq o'yinchi sifatida qaralardi. Sababi “Buxoro” va “Mashal” yoshlar jamoasida faol xarakatlari bilan o'z tengqurlari orasida ajralib turardi. Ammo uning Superligada bir maromda o'ynab ketishi kutilganidek chiqmadi. Natijada birinchi liga toifasidagi jamoalarda qo'nim topdi. Yaqinda uning xorijga jo'nab ketganidan xabar topib, internet tizimi orqali bo'lsada, suhbatlashishga qaror qildik.

- Evgeniy, oxirgi paytlarda Superliga klublarida sizni deyarli uchratmay qo'ydik. Aytishlaricha, yaqinda xorij klubiga ko'chib o'tibsiz. Bu haqda o'zingizdan eshitsak degandik.
- CHindan ham futbolchilik faoliyatimda keskin pasayish bo'ldi. Albatta bunda eng avvalo o'zimni aybdor his qilaman. O'z ustimda ishlashni kamaytirib yubordim chog'i. Superligada o'ynab ketishga qiynaldim. Lekin hali hammasi oldindan deb hisoblayman. Nasib qilsa yana Superligada o'ynashga ulguraman.Bilasizmi o'zbekistonlik ko'plab iqtidorli futolchilar vaqt o'tgani sayin “yo'qolib” ketadi. Bunga ularning o'zlari aybdor. Sababi o'z ustida ishlashni to'xtatadi. Vaqt o'tgach bu keyin salbiy natijasini ko'rsatadi. Unda esa kech bo'ladi afsuski. O'zbekistondagi so'nggi jamoam – “Zarangari” edi. 2019 yili ushbu jamoa tarkibida xarakat qildim. 2020 yilgi mavsumni jamoasiz o'tkazib yubordim. To'g'risi, birinchi ligada o'ynashni istamadim. Agentim bilan mashalatlashganimda, yakka tartibda shug'ullanib turishim kerakligini, imkon bo'lishi bilanoq, xorijga ketishga tayyor xolatda bo'lishimni aytdi. Dekabr oyida Bangladesh klubidan taklif bo'ldi va legioner sifatida faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim.

- Bu siz uchun oldinga tashlangan qadammi yoki aksincha?
- Aytganimdek, o'tgan yili hech qaysi jamoada o'ynamadim. Bu esa o'yin amaliyotsiz qolishimga xizmat qildi. SHunga qaramay, Bangladesh chempionatidan chorlov oldim. Kimdir aytishi mumkindir, bu erda o'ynash oson deb. Yo'q, sira qo'shilmayman. Bangladeshda ham futbol yildan yilga rivojlanmoqda. Legionerlarga bo'lgan talab yuqori. Menga Xindiston chempionatidan ham taklif yuborishgandi. U erga yana qaytishni istamadim.

- Bangladeshga sir bo'lmasa kim orqali borib qoldingiz?
- Mahalliy agentlardan biri menga aloqaga chiqdi va bitta jamoadan taklif borligini bildirdi. Muzokara o'tkazdik. Unda har ikki tomon ham qoniqarli to'xtamga keldi. SHu o'rinda yana bir narsani aytib o'tsam. Bu erga men bilan o'zbekistonlik Saiddoston Fozilov ham birga kelgan. “Uttar Baridhara” jamoasi bilan dekabr oyida olti oylik shartnoma tuzdik. 



- Bu sizning ilk bor legionerga aylanishingizmi?
- Yo'q, 2018 yili Xindiston chempionatida ham faoliyat yuritib qaytgandim.

- O'zingiz uchun yangi davlat, yangi muhit. Ko'nikib ketishga qiynalmayapsizmi? Umuman olganda dastlabki taassurotlar qanday?
- Bu erda men uchun hammasi yaxshi deya olaman. Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoamda o'zbekistonlik yaqin do'stim bor. Bangladesh davlati menga yoqdi. Ovqat bo'yicha ozgina muammoga duch kelayotganimizni aytmaganda, hozircha hammasi ko'ngildagidek. SHaroitga qarab o'zimiz xoxlagan taomlarni tayyorlab tanovul qilib yuribmiz.

- Yangi jamoangizda debyut qildingizmi?
- Hozir bu erda mamlakat Kubogi o'yinlari boshlangan. Men to'p surayotgan “Uttar Baridxara” jamoasi 1/8 final bosqichida “Axani Limitit”ga yutqazib qo'ydi. Bu milliy jamoa sanalarkan. CHempionat o'yinlari esa 13 yanvardan start olishi rejalashtirilgan. Unda 13ta klub ishtirok etadi. Endi asosiy etibor shu musobaqaga qaratiladi.

- “Uttar Baridxara”da yaratilgan sharoitlar qay darajada?
- Hozircha mexmonxonada yashayapmiz. Nolishga xojat yo'q.

- U erda yana qaysi o'zbekistonlik futbolchilarni uchratdingiz?
- Yangi yilni o'zbekistonlik futbolchilar hammamiz to'planib, Otabek Valijonovni uyida kutib oldik. Bilsangiz kerak, bu erda Sirojiddin Rahmatullaev ham to'p suradi. U bilan ilgari “Mashal”da o'ynaganmiz. SHu bois hozir ham tez tez ko'rishib, gaplashib turamiz. Asosiysi zerikib qolmayapmiz.

- Bangladesh klublari legionerlarga qanchadan oylik maosh to'lab borayotgani haqida ayta olasizmi?
- Menimcha eng kamida 1500 AQSH dollaridan tortib, 20 000 dollarigacha maosh to'lasa kerak. O'rtacha aytadigan bo'lsak, 4000 dollar maosh olamiz.

- U erda legionerlar bo'yicha limit qanday ko'rinishda?
- “Uttar Baridxara” klubi xorijlik futbolchilar limitidan to'liq foydalangan. Aniqrog'i bizdan tashqari yana 2ta misrlik o'yinchilar bor.

- Jamoa bosh murabbiyi qaerdan?
- Mahalliy murabbiy boshqaradi.

- Oxirgi savol. Dadangiz hozir qaerda va nima ish bilan mashg'ul?
- Buxoroda. Aniqrog'i majburiy tatilda desa ham bo'ladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика