So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Oybek Bozorov: Osiyo chempionatidagi har bir uchrashuv shiddatli o'tadi Yangiliklar

Oybek Bozorov: Osiyo chempionatidagi har bir uchrashuv shiddatli o'tadi

Xabaringiz bor, sanoqli kunlardan so'ng Tailandda navbatdagi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi.

Tokio-2020 olimpiada o'yinlariga yo'llanma taqdim etuvchi mazkur musobaqaga O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham munosib hozirlik olib bormoqda.

Olimpiyachilarimiz ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida yakuniy yig'inni o'tkazishmoqda. Yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushilmoqda.

Terma jamoamiz azosi Oybek Bozorov O'FA rasmiy saytiga oldindagi masuliyatli musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz. Kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib borilyapti. SHu bilan bir qatorda o'rtoqlik o'yinlari ham tashkil etilyapti. O'rtoqlik o'yinlari bizga katta musobaqa oldidan bir-birimizni maydonda yanada yaxshiroq tushunishimiz hamda jamoaviy o'yinni shakllantirishimizga yordam beryapti.

Osiyo chempionatida maqsadlarimiz ulkan. Tarkibdagi barchaning niyati – vatanimizga yorug' yuz bilan qaytish. Lekin hech bir uchrashuvda bizga oson bo'lmasligi tabiiy. Zero har bir jamoa qita chempionatida maksimal imkoniyatlarini ishga soladi. Guruh bosqichida ham har bir o'yin shiddatli o'tishi tayin. Guruhimizdan o'rin olgan Eron, Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalarining har birini o'ziga yarasha kuchli, shu bilan birgalikda kamchilik jihatlari bor, albatta. Raqiblar ichida qay biri favorit ekanini ayta olmayman. Qaysi jamoa musobaqaga yaxshi tayyorgarlik olib borgan bo'lsa, o'sha jamoa ustunlik qiladi. Biz eng avvalo guruhda 1-o'rinni egallashga harakat qilamiz.

Musobaqa boshlanishini ko'pchilik orziqib kutyapti. CHempionat davomida yurtimizdagi ko'plab ishqibozlar, ular qatorida oila azolarimiz ham bizni qo'llab-quvvatlashadi. Buni his etgan holda biz ham bor kuch-mahoratimizni ishga solamiz va ularning ishonchlarini oqlab, g'alabalar bilan xursand qilishga urinamiz, - deya takidladi mahoratli futbolchi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика