So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Ouen karerasidagi pasayish: "Oltin to'p" sohibi qaerda xato qilgan? (davomi) Yangiliklar

Ouen karerasidagi pasayish: "Oltin to'p" sohibi qaerda xato qilgan? (davomi)

Mazkur maqolaning dastlabki qismi bugun tongda etiboringizga havola qilingandi:

Ouen karerasidagi pasayish: "Oltin to'p" sohibi qaerda xato qilgan? (1-qism)

Jahon chempionatidagi jarohat va tiklanish jarayoni

Ouen orzusiga etdi: uchinchi bor mundial ishtirokchisiga aylandi. U xursand edi. Germaniyadagi jahon kubogi boshlanishidan avval o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida Maykl yana ajoyib o'yinlar ko'rsatishni boshlab yubordi. Yamaykaga qarshi shunday o'yinlardan birida (6:0) penalti ishladi, golli uzatmani amalga oshirdi va gol urdi.


Angliya mundialni ikki g'alaba bilan boshladi. Guruhdagi raqiblar inglizlar uchun ancha oson edi: Paragvay (1:0), Trinidad va Tobago (2:0) hamda SHveciya. SHveciyaliklarga qarshi so'nggi bahsda (2:2) Ouen juda jiddiy jarohatga yo'liqdi va maydonni uzoq muddatga tark etdi.


Davolanish va tiklanish jarayoni uchun 10 oy sarflandi. Maykl 2006/07 yilgi mavsum mobaynida atigi 3 o'yinda maydonga tushdi. Keyinchalik futbolchining o'zi JCH-2006ga borish xato bo'lganini tan oldi: "Ikkala jarohat ham o'zaro bog'liq edi. Gipsda o'tgan yarim yildan keyin ham oyog'imda og'riqlar davom etardi. Ehtimol, Germaniyaga borishga tayyor emasdim". APLning 2007/08 yilgi mavsumida Ouen 11ta gol urdi, ammo bu oldingi Maykl emas edi. Uning o'yini, darajasi asta sekin pasayib borar edi.

Ouen quyoshining botishi

Mavsum yakunida "Nyukasl" APLni, mos ravishda forvard "Nyukasl"ni tark etdi. U erkin agent sifatida MYU safiga qo'shildi va katta rezonansga sabab bo'ldi – uning o'tmishi "Liverpul" bilan bog'liq edi.  Ouen esa Mersisaydni emas, Manchesterni tanladi.

Futbolchi 3 yil davomida MYU uchun 52 o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi. Mayklning eng esda qolarli uchrashuvi Manchester derbisi bo'lgandi. U zahiradan o'yinga qo'shilib, uchrashuv taqdirini hal qiluvchi golga mualliflik qilgan edi. Ouen "qizil iblislar" bilan Angliya chempioniga ham aylandi, "Liverpul" esa...


Hujumchi MYUni 2012 yilning yozida tark etdi. Mayklning so'nggi klubi "Stok Siti" bo'ldi. Ouen o'zining so'nggi mavsumida 8 uchrashuv o'tkazib, 1ta gol urdi. Keyinchalik futbolchining o'zi bosh murabbiy Toni Pyulis bilan kelisha olmaganini oshkor qilgandi: "Birinchi turda biz "Manchester Siti" bilan o'ynashimiz kerak edi. O'yindan bir kun avval Toni mening holatim va o'ynashga bo'lgan ishtiyoqim bilan qiziqdi. Men javob berdim: "Ha, albatta, o'ynayman". Bilasizmi? U meni zahirada qoldirdi! O'yin oxirida faqat bir daqiqaga maydonga chiqardi. Zahira o'rindig'ida o'tirishim bilan o'ylaganman: "Jin ursin, bu erda nima qilyapman o'zi?" Hozirgacha uning qarorini nima o'zgartirganini tushunmayman".

Maykl Ouen futbolchilik faoliyatini 33 yoshida yakunladi. U intiqib kutgan 2006 yilgi mundial o'zi uchun halokatli bo'ldi. Biz bilgan Maykl 26 yoshidayoq butunlay yo'qolib qoldi. Keyingi mavsumlarda u kamdan-kam maydonga chiqar, vaqtni jarohatlarini davolash bilan o'tkazardi. Hozir futbolchi "Nyukasl"ga o'tgani uchun ham, mundialga borgani uchun ham afsuslanadi.

"Men tuyg'ularimga quloq solishim kerak edi. "Nyukasl"ga o'tishni xohlamasdim. Yuragim "Liverpul"ga qaytishni istagan. Ammo o'sish uchun, mundialga borish uchun kutolmasdim".

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика