So’nggi yangiliklar

00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  5 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6

O'tkir Yusupov: "Namanganga OCHLni olib kelishni uddaladik, guruh bosqichida Karim Benzema to'p tepayotgan jamoa tushishini istayman" Yangiliklar

O'tkir Yusupov: "Namanganga OCHLni olib kelishni uddaladik, guruh bosqichida Karim Benzema to'p tepayotgan jamoa tushishini istayman"

Namanganning "Navbahor" jamoasi uchun 22 avgust oqshomi muvaffaqiyatli kun sifatida tarixdan o'rin oldi.

Samvel Babayan shogirdlari shu kuni Qatarda OCHL pley-off uchrashuvida "Al Vakra"ni dog'da qoldirishni uddasidan chiqishdi. Doniyor Abdumannopovning yagona goli "lochinlar"ga g'alaba keltirgan bo'lsa, O'tkir Yusupov shu kuni bir necha marotaba jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Bugun musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlanadi. Biz esa bu borada O'tkir Yusupovning fikrlari bilan qiziqdik. 


- G'alaba bilan tabriklaymiz. Bu butun O'zbekistonni g'alabasi. O'yin qanday taassurot qoldirdi? O'yindagi burilish nuqtasi nima bo'ldi?

- Avvalo bizni qo'llab-quvvatlagan yaqinlarimiz, do'stlarimiz,muxlislarimizga rahmat aytishni istardim. Ular Qatarda ham, ekran ortida ham bizga jon kuydirishdi. Niyatimiz guruh bosqichiga chiqish edi. Namanganga OCHLni olib kelish uchun Qatarga bordik. Xudoga shukur yuzimiz yorug' bo'ldi. 

- Jamoaning o'yinga rejasi ekstra-taymlargacha borish edimi? 

- Mezbon jihatdan ham ular o'yinni yaxshi boshlashdi, ketma-ket hujumlar tashkil qilishdi. Lekin biz jismonan taraflama kuchli edik. Ularda mavsum endi boshlandi. Qizil kartochkadan keyin esa o'yin nazorati "Navbahor" tomoniga o'tdi, hujumlar ko'paydi. Yakunda o'zimiz istagan natijaga erishdik. 

- Qatardagi sharoit va jamoalarning darajasida farq katta. Bitta o'yinga qaratilgan etibor va tayyorgarlik asosiy planga chiqdimi?

- To'g'ri, Qatarda pul ko'p, stadionlaridagi sharoitlarni aytmasa ham bo'ladi. Bunday sharoitlarda to'p tepishni ko'p jamoalar istashi tabiiy. Har bir futbolchi u erda to'p tepishni orzu qilsa kerak. 

- Bugun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Guruh bosqichida Namanganga qaysi yulduz futbolchi kelishini istardingiz?

- Qanday raqiblar ro'baro' kelishini qurada tashlangach ko'ramiz. Saudiya Arabistonidan Karim Benzema to'p tepayotgan "Al Ittihod" tushishini istardim. CHunki bu orqali jamoadoshlarimda umra amalini bajarib kelish imkoniyati yuzaga keladi, deb o'ylayman. Yaxshi niyat qilib qolaman. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика