O'tgan hafta qahramonlari FOTO
26 okt 2015 12:15
Yangiliklar
O'tgan hafta qahramonlari FOTO

"Bornmut" - "Tottenxem" 1:5
Qahramon: Mavsumni u qadar omadli boshlay olmagan Xarri Keyn bu o'yinda uchta gol urdi.

"Lacio" - "Torino" 3:0
Qahramon: Rim klubi safida ikkita gol urgan Felipe Anderson qahramon bo'ldi.

"Yuventus" - "Atalanta" 2:0
Qahramon: Yozda Turin klubiga o'tgan Paulo Dibala gol urdi va golli pas berdi.

"Barselona" - "Eybar" 3:1
Qahramon: Mezbonlarning urugvaylik hujumchisi Luis Suares xet-trikka erishdi.

"Levante" - "Real Sosedad" 0:4
Qahramon: Karlos Vela o'yin davomida ikkita gol urdi va qahramonga aylandi.

"Sevilya" - "Xetafe" 5:0
Qahramon: Mezbonlar hujumchisi Kevin Gameyro xet-trikka erishdi.

"Borussiya D" - "Augsburg" 5:1
Qahramon: Mavsum startini dahshatli tarzda o'tkazayotgan Per-Emerik Obameyang to'rt kunda ikkita marta xet-trikka erishdi. Dastlab Evropa ligasida "Gabala" bilan o'yinda, so'ngra "Augsburg" bilan bahsda...

"Gannover" - "Ayntraxt" 1:2
Qahramon: Uchrashuvda dublga erishgan 1995 yilda tug'ilgan Mark SHtenderani jamoadoshlari qutlashmoqda.

"Lion" - "Tuluza" 3:0
Qahramon: Rossiyadan Franciyaga qaytgan Mate Valbuena "Tuluza" bilan o'yinda gol urdi va golli pas oshirdi.

"Lill" - "Marsel" 1:2
Qahramon: Belgiyalik Michi Batshuayi o'yinda to'p kiritdi va jamoadoshiga gol urish uchun pas oshirdi.

"Krasnodar" - "Rubin" 2:1
Qahramon: Mezbonlar hujumchisi Ari "Rubin" darvozasiga ikkita gol urdi. Ulardan biriga Odil Ahmedov pas oshirganini eslatib o'tamiz.

"Zenit" - "Anji" 5:1
Qahramon: Braziliyalik Xalkni to'xtatib qolishning imkoni bo'lmayapti. U "Anji" bilan o'yinda uchta golli pas berdi va bitta gol urdi.

"Dinamo" - "Spartak" 2:3
Qahramon: Moskva derbisida "Spartak" yarim himoyachisi Kuinsi Promes dublga erishdi.

"Feyenoord" - AZ 3:1
Qahramon: Mezbonlarning 35 yoshli azosi Dirk Kyuyt xet-trikka erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar