So’nggi yangiliklar

23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  21 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  3 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  35 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12

Otabek Zokirov: “Eng muhimi bu yil ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldim” Yangiliklar

Otabek Zokirov: “Eng muhimi bu yil ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldim”

Joriy mavsum “Dinamo” tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan Otabek Zokirov bo'ldi.

Iqtidorli futbolchi 30ta uchrashuvda ishtirok etib, bu borada boshqa jamoadoshlarini ortda qoldirishga erishdi. Farg'onalik futbolchi “Neftchi” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ayni paytda Zokirovga oliy liganing ayrim klublaridan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Otabek bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik.

- Otabek, bu yilgi chempionatda 30ta o'yin o'tkazdingiz. Bu jihat menimcha har qanday futbolchini xursand qilmasdan qolmaydi. SHu jumaladan sizning ham. Lekin jamoangiz kuchlilar safini tark etdi. Mavsum haqida umumiy fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Darhaqiqat mavsum-2015 men uchun oldingi yillarga nisbatan omadli kechdi. Bunday deyishimning boisi chempionatning barcha uchrashuvlarida ishtirok etdim. Tabiiyki etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Asosiy maqsadim ham joriy mavsum ko'proq o'ynab, tajriba orttirish edi. Ikkinchi tomondan esa “Dinamo” oliy ligadan tushib ketdi. Albatta bu ko'pchilik jamoadoshlarim qatori meni ham ranjitdi. To'g'risi, bunga munosib emasdik. CHunki tarkibimizda mahoratli futbolchilar talaygina edi. Ammo o'zimizning yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga ko'p uchrashuvlarda qimmatli ochkolarni boy berdik. Natijada bu bizga qimmatga tushdi.

- Birinchi davrada klubda moliyaviy muammolar yuzaga kelishi natijasida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Bu ham qaysidir manoda salbiy tasirini o'tkazgan bo'lsa kerak?
- To'g'ri, mavsumning birinchi qismida klubda moddiy jihatdan tanqislik bo'ldi. Davralar oralig'iga kelib esa bosh murabbiy va ayrim etakchi o'yinchilar ketishga qaror qildi. SHunga qaramay ikkinchi davrada ham etarlicha kuchayish qilgandik. Ammo tarkib yangilangach, futbolchilarning bir-birini to'liq tushunib ketishlari uchun vaqt talab etilardi.

- Joriy mavsum ikki taniqli mutaxassislar qo'li ostida o'ynashga muvaffaq bo'ldingiz. Avvaliga Tachmurod Agamurodov va keyinchalik Bahrom Hakimov...  
- Ha, shunday. Meni Samarqand jamoasiga Tachmurod SHamakovich taklif etgandi. Tajribali murabbiy ekanligini oldin eshitganmanu, lekin bungacha sira birga ishlab ko'rmagandim. Bu yil  ushbu mutaxassisning qo'li ostida o'ynadim. Haqiqatdan ham tajribasi yuqori. Yoshlarga ishonch bildirishdan va ularni kashf etib borishdan cho'chimaydi. Mashg'ulotlarda ham taktik jihatlar ustida ko'proq ishlardik. Bahrom Hakimovni ham yaxshi murabbiy deyish mumkin. U kishi ham imkon qadar jamoani oliy ligada qolib qolish uchun borini berib ishladi. Ammo omadsizliklar pand berdi.   

- Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lganingizni nazarda tutib aytadigan bo'lsak, bu yil samarqandliklar taklifini qabul qilib xato qilmadim deb o'ylaysizmi?
- Ha. Men uchun asosiysi ko'proq o'ynash edi. “Dinamo”da to'liq o'ynadim. Bundan xursandman albatta.

- “Dinamo” oliy liga bilan xayrlashgach, ko'plab futbolchilar o'zlariga boshqa jamoa topishga urinmoqda. Siz ham endi muhitni o'zgartirsangiz kerak?
- Oldimda  bir qancha takliflar turibdi. Hozir yaxshilab, shu haqda o'ylab, ko'rib chiqyapman. Yangi jamoamda ham ko'proq o'ynashni istayman. Va bu orqali terma jamoa murabbiylari nazariga tushishga xarakat qilaman. Kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashim yaqin kunlarda aniq bo'ladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика