Otabek Jo'raqo'ziev: "Futbolda hamma narsa bo'lishini ko'rsatib qo'ydik"
05 mar 02:10
Yangiliklar
Otabek Jo'raqo'ziev: "Futbolda hamma narsa bo'lishini ko'rsatib qo'ydik"
"Paxtakor" hujumchisi Otabek Jo'raqo'ziev "Al Hilol" (1:0)ga qarshi Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final dastlabki o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
— O'yin qiyin o'tishini bilardik, sababi "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli klublaridan biri. G'alaba bilan butun O'zbekiston xalqini tabriklaymiz.
— O'yindan oldin "Al Hilol" nomidan sarosima bor edi. "Paxtakor" buni engib o'tdi desak bo'ladimi?
— Ha, bo'ladi. Raqib safida katta nomlar bor edi, ammo futbolda hamma narsa bo'lishini ko'rsatib qo'ydik.
— Javob o'yinidan nima kutyapsiz?
— Hozir aytib o'tganimdek, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. U erda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
— Zaxiradan tushayotganingizda murabbiy qanday ko'rsatmalar berdi.
— O'yin qizg'in payti maydonga tushdim. Murabbiy oldinga ham, orqa ham yordam berishimni so'radi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar