So’nggi yangiliklar

17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  1 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  10 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16

Osiyo transfer rekordlari: Oskar barchani ortda qoldirdi Yangiliklar

Osiyo transfer rekordlari: Oskar barchani ortda qoldirdi

Teglar :  Oskar
Braziliyalik yarim himoyachi Oskarning Xitoyga yo'l olishi munosabati bilan OFK rasmiy sayti ushbu rekord transferga alohida etibor qaratdi.

Malumotlarga ko'ra, Xitoy klubi "SHanxay SIPG" Oskar uchun "CHelsi"ga 70,5 million evro miqdorda pul to'lagan. Bu esa Osiyo trasnfer bozoridagi eng yuqori summa hisoblanadi. 

Bungacha ham futbolchilarga rekord summa to'lash aynan ushbu klubga tegishli bo'lib, "SHanxay SIPG" o'tgan mavsum boshida boshqa bir braziliyalik futbolchi Xalk uchun 55,8 million evrodan voz kechgandi. 


O'tgan bir yil davomida Osiyoda transferlar rekordi olti marta yangilandi. Buni albatta qita futboli uchun katta voqea desa bo'ladi. 2015 yil boshida BAAning "Al Ahli" klubi avvaliga Everton Ribeyro, keyinroq Mussa Sov uchun uchun 15/16 million pul to'lagandi. Ammo oxirgi bir yil ichida transer bozoriga Xitoyning shiddat bilan kirib kelishi hamma yoqni "ostin-ustun" qilib yubordi. 


Xitoyning uchta klubi - "SHanxay SIPG", "Guangju Evergrand" va "Jiangsu Suning" yangi futbolchilarni sotib olish uchun juda katta miqdorda mablag' ajratishga tushib ketishdi. Avvaliga "Jiangsu Suning" 28 million evaziga Ramiresni qo'lga kiritgan bo'sla, keyinchalik "Guangju Evergrand" ham bo'sh kelmadi va "Atletiko Madrid"dan Jekson Martinesni 42 million evro evaziga sotib oldi. 

Oradan ko'p o'tmay "Jiangsu Suning" yana narxni oshirdi va "SHaxtyor"dagi Aleks Teysheyra uchun 50 million to'ladi. Oxirgi ikkita rekord transfer esa "SHanxay SIPG"ga tegishli. Bu klub ikki futbolchi - Xalk va Oskar uchun 125 million evrodan ko'proq pul sarfladi. Mana endi braziliyalik futbolchilar Osiyo chempionlar ligasida Xitoy klubi sharafini himoya qilishadi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика