So’nggi yangiliklar

11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  0 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  4 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  12 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  10 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2

Osiyo Kubogi. Yarim finalning qiziqarli fakt va raqamlari Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Yarim finalning qiziqarli fakt va raqamlari

Avstraliyada bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogining yarim final o'yinlari ortda qoldi.
Bunda Janubiy Koreya Iroqni 2:0, Avstraliya ham BAAni shu hisobda mag'lub etdi. Quyida yarim final o'yinlari bilan bog'liq bazi qiziqarli fakt va raqamlarni keltirib o'tamiz.

0. Janubiy Koreya musobaqa boshlanganidan beri o'z darvozasidan birortayam to'p o'tkazib yubormadi. Ular Ummon (1:0), Quvayt (1:0), Avstraliya (1:0), O'zbekiston (2:0) va Iroq (2:0) bilan bahslarning barchasida g'alaba qozonishdi.

1. Jeyson Devidson bilan Trent Seynsberi milliy terma libosida o'zlarining birinchi gollarini urishdi.

2. Li Yong Xyop turnirdagi ikkinchi golini kiritdi, Iroq bilan kechgan bahsda. 23 yoshli futbolchi J.Koreya libosida ushbu turnirda o'z debyutini o'tkazdi va hamma o'yinlarda maydonga tushib kelmoqda.

3. Avstraliya ketma-ket uchta o'yinda g'alabaga erishdi.

4. Massimo Luongo to'rtta golga hammualliflik qildi va bu ko'rsatkichi bilan barcha futbolchilar orasida eng yaxshisi bo'lib turibdi.

10. Avstraliya terma jamoasining 10 nafar futbolchisi ushbu musobaqada gol urishning uddasidan chiqdi. Bular - Tim Keyxill, Jeyson Devidson, Mayl Edinak, Tomi Yurich, Robbi Kruz, Massimo Luongo, Mett Makkey, Mark Milligan, Trenn Seynsberi va Jeyms Troisi.

12. Avstraliya turnir ishtirokchilari orasida eng ko'p 12ta to'p kiritdi.

55. 55 yil deganda Janubiy Koreya o'z tarixida ikkinchi marta Osiyo chempioni bo'lishi mumkin. Ular ilk bor 1960 yil qita g'olibligini qo'lga kiritishgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика