So’nggi yangiliklar

11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  2 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0

U-20 Osiyo kubogi. Indoneziya bosh murabbiyi: "Bu mening aybim" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Indoneziya bosh murabbiyi: "Bu mening aybim"

U-20 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan Indoneziya - Iroq (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Indoneziya bosh murabbiyi SHin Txe Yon qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikringiz?
- Avvalo, Iroq jamoasini tabriklayman. Birinchi bo'limda etarli imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ulardan foydalanishimiz kerak edi. Iroq terma jamoasi bir kishi kam bo'lib qolgandi. Biz bu ustunlikni hisobda aks ettirishimiz lozim edi.

- Jamoada bir-birini tushunish borasida muammolar sezildi. Dastlabki 20 daqiqada yaxshi o'yin ko'rsatayotgandik...

- Ha, vaziyatlardan foydalana olmadik. Vaziyatlarni golga aylantirish jamoamizning og'riqli nuqtasi. Aynan shu jihat ustida ishlashimiz kerak. Ikkinchi bo'limda bir kishi ko'p bo'ltb o'ynadik, ammo ustunlikni o'yinda ko'rsata olmadik. Yana bir jihatni aytib o'tishim joiz. Biz o'zgarishlardan keyin ham o'sha tempni saqlab qolishimiz kerak. Asosiy tarkibdagi o'yinchilar almashtirilgandan keyin esa bunday bo'lmadi.

- Ikki jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'ldi. Keyingi ikki uchrashuvdan nimalar kutmoqdasiz?

- Bunday musobaqalarda birinchi o'yin juda muhim. Keyingi ikki uchrashuv juda qiyin bo'ladi. Biz taslim bo'lmaymiz va ishlashda davom etamiz. Keyingi o'yinlarda qanday natija qayd etishimizdan qatiy nazar, bu biz uchun tajriba bo'ladi.

- Keyingi uchrashuvgacha ikki kungina vaqt bor. Jamoangizning tayyorgarligi qanday kechadi?

- Albatta, bu qisqa vaqt, ammo biz bunga tayyor edik. Jamoada yaxshi muhitni yo'lga qo'ysak, bu muammo bo'lmaydi.

- Uchrashuvning ancha qismida bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan bo'lsak ham, bu narsa sezilmadi. Jamoaga ob-havo sharoiti ham tasir qildimi?

- Men ham shunday fikrdaman. Son jihatdan teng paytimiz yaxshiroq o'ynayotgandik. Bu murabbiy sifatida mening aybim. Ha, Indoneziyada hava bundan ancha issiq, ammo mag'lubiyatimizga shu narsa sabab bo'ldi deya olmayman. Mag'lubiyatimizning asosiy sababi bu koncentraciyani yo'qotganiz bo'ldi.


Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика