So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Osiyo Kubogi rasmiy sayti Odil Ahmedov haqida maqola yozdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi rasmiy sayti Odil Ahmedov haqida maqola yozdi

Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogining rasmiy veb-sayti (www.afcasiancup.com) bugun terma jamoamiz yarim himoyachisi Odil Ahmedov haqida maqola chop etdi.
“2011 yilgi Osiyo Kubogining ochilish o'yinida O'zbekiston mezbon Qatarga qarshi bahs olib borgandi, - deyiladi maqola boshida. - Ko'pchilik Qatar g'alaba qozonsa kerak deb turgan bir paytda Server Jeparov chap qanotdan kirib borib to'pni Aziz Haydarovga uzatadi. Odil esa o'z navbatida Haydarov to'pni yonida turgan Odil Ahmedovga etkazib beradi. SHunda Ahmedov uzoq o'ylanib o'tirmasdan to'pga kuchli zarba bergan holda uzoq masofadan raqib darvozasiga gol urib, hisobni ochadi. O'shanda avstraliyalik futbol sharhlovchisi Saymon Xill “Osiyo Kubogining ochilish uchrashuvida qanday chiroyli gol!” deya hayqirib yuborgandi.

“Qatarda o'tkazilgan musobaqa Odil Ahmedov uchun o'ziga xos musobaqa bo'ldi. O'zbekiston “A” guruhida birinchi o'rinni egalladi. Odil Ahmedov esa ikkita gol urdi. Uning birinchi golini aytib o'tdik, ikkinchi to'pini Xitoy bilan 2:2 qayd etilgan bahsda kiritgandi”.

“Odil Ahmedovda texnika va dribling kuchli. U Osiyo Kubogidagi o'yini orqali “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Vengerning etiborini tortdi. Osiyo chempionati yakuniga etgach, Ahmedov “Paxtakor”ni tark etib, “Anji” safiga qo'shildi. U dastlabki mavsumning o'zidayoq klubda “Yilning eng yaxshi futbolchilari” qatoridan o'rin oladi. Albatta, Samuel Eto’O, Yuriy Jirkov singari mashhurlar bilan bir o'rinda turish Odil uchun katta voqea bo'ldi”.

“Odil Ahmedov “Anji” tarkibida uch mavsumni o'tkazib, shu mavsum boshida “Krasnodar”ga ko'chib o'tdi. Sentyabrda o'tkazilgan Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Odil Ahmedov ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Osiyo Kubogining guruh o'yinlarida Saudiya Arabistoni, KXDR va Xitoy bilan bahs olib boradigan O'zbekiston ijobiy natija qayd etish uchun yaxshi imkoniyatga ega”.

“Odil Ahmedov O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U 25 noyabr kuni 27 yoshni qarshi oladi. Hozirda o'zining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etib kelmoqda. O'zbekiston terma jamoasi qita chempionatlarida eng yaxshi natijasini 2011 yilda qayd etib, to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. Mana endi Avstraliyada bo'ladigan musobaqada hech bo'lmasa yana shu natijani takrorlash uchun Odil Ahmedovda hech qanday shubha yo'q”.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика