So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  107 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  32 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  11 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Osiyo Kubogi prevyusi. Hindiston - Bahrayn Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. Hindiston - Bahrayn

Bugun Osiyo Kubogida guruh bosqichining oxirgi tur o'yinlariga start beriladi.

Kun tartibidan ikkita uchrashuv o'rin olgan. SHarjadagi stadionda Hindiston Bahraynga qarshi bahs olib boradi.

Guruhdagi vaziyat 

Hindiston 3 ochko to'plagan. Tailand hisobida ham uch ochko bor. Bahrayn esa 1 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. Musobaqa mezboni 4 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.

Hindiston

Hindiston musobaqani g'alaba bilan boshladi. Jamoa 1-turda Tailandni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Lekin keyingi turda BAAga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Bahrayn

Musobaqaning ochilish o'yinida kichik sensaciya qilgan Bahrayn keyingi turda Tailandga mag'lub bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, Bahrayn ushbu Osiyo Kubogiga ancha yosh tarkib bilan kelgan.

O'yindan oldingi fikrlar 

Miroslav Soukup (Bahrayn bosh murabbiyi): - "Biz Hindistonni mag'lub etishimiz shart. SHundagina guruhdan chiqish imkoniyati yuzaga keldi. O'ylashimcha, bu o'yinda hamma shogirdlarim yaxshi o'ynaydi. Men har doim futbolchilarga ishonganman. Bizda yaxshi hujumchi va himoyachilar bor". 

Stefen Konstantin (Hindiston bosh murabbiyi): - "Bizni juda qiyin bellashuv ktuib turibdi. CHunki Bahraynni faqat g'alaba qoniqtiradi. O'tgan 4 yil ichida ancha o'sishga erishdik. Balki bu bazilarga bilinmasligi mumkin, lekin men juda yaxshi sezib turibman".

Qiziqarli malumotlar 

- Bahrayn 2011 yilgi Osiyo Kubogida Hindistonni 5:2 hisobida mag'lub etgan. 

- Agar Hindiston bugun g'alaba qozonsa, bu jamoa o'z tarixida ilk marta guruhdan chiqqan bo'ladi. 

- Bahrayn Osiyo Kubogida oxirgi 6ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozongan. 

- Hindiston oxirgi 6ta o'yinidan beshtasida mag'lubiyatga uchragan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика