So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Osiyo Kubogi-2027 saralash. Tojikistonda durang, Turkmanistonda g'alaba Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2027 saralash. Tojikistonda durang, Turkmanistonda g'alaba

Kecha, 10 iyun kuni qitamizda Osiyo Kubogiga saralash davom ettirildi.

Malumot uchun, 2027 yilgi Osiyo chempionati Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va 24ta terma jamoa qatnashadi.

A guruhi. 1-tur. 25 mart

Tojikiston - Sharqiy Timor 1:0
Filippiin - Maldiv 4:1

2-tur. 10 iyun
Sharqiy Timor - Maldiv 1:0
Filippin - Tojikiston 2:2

B guruhi. 1-tur. 25 mart
Butan - Yaman 0:0
Livan - Bruney 5:0

2-tur. 10 iyun
Bruney - Butan 2:1
Yaman - Livan 0:0

C guruhi. 1-tur. 25 mart

Singapur - Gonkong 0:0
Hindiston - Bangladesh 0:0

2-tur. 10 iyun
Gonkong - Hindiston 1:0
Bangladesh - Singapur 1:2

D guruhi. 1-tur. 25 mart
Xitoy Taypeyi - Turkmaniston 1:2
Tailand - Shri Lanka 1:0

2-tur. 10 iyun
Shri Lanka - Xitoy Taypeyi 3:1
Turkmaniston - Tailand 3:1

E guruhi. 1-tur. 25 mart
Myanma - Afg'oniston 2:1
Suriya - Pokiston 2:0

2-tur. 10 iyun
Myanma - Pokiston 1:0
Afg'oniston - Suriya 0:1

F guruhi. 1-tur. 25 mart
Vetnam - Laos 5:0
Malayziya - Nepal 2:0

2-tur. 10 iyun

Laos - Nepal 2:1
Malayziya - Vetnam 4:0

Albatta, bu musobaqada qo'shnilarimiz ishtiroki qiziq. Tojikiston terma jamoasi safarda Filippin bilan 2:2 o'ynadi. Ikkita o'yindan so'ng tojiklar 4 ochko to'plab ikkinchi o'rinda borishyapti, guruh peshqadami Filippinda ham 4 ochkor bor, faqat ularda to'plar nisbati yaxshiroq.

Yana bir qo'shnimiz Turkmaniston terma jamoasi o'z maydonida Tailandni qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi. Natijada turkmanlar 6 ochko bilan guruh etakchisiga aylanib olishdi. Bu turda Suriya termasi ham zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Yagona gol suriyaliklar to'purari Omar Al Soma tomonidan kiritildi.

Malumot uchun, Osiyo Kubogining ushbu saralash bosqichida 24ta jamoa qatnashyapti va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Reglamentga ko'ra, har bir guruhdan faqat bitta jamoa qita birinchiligiga yo'l oladi. Shu bois ham bitta o'rin uchun kurash oxirigacha kechadi.

Osiyo Kubogiga mezbon Saudiya Arabistonidan tashqari yana 17ta terma jamoa chiqib bo'lgan. Bular - Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi.

Qolgan 6ta yo'llanma uchun kurash kelasi yilning 31 mart sanasiga qadar davom etadi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi. 2-turdan so'ng o'z guruhlarida peshqadamlik qilayotgan jamoalar: Filippin, Livan, Singapur, Turkmaniston, Suriya, Malayziya.

P.S. 3-tur o'yinlari 9 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

X.Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика