Osiyo kubogi-2019. Raqibimiz kuzda JCH-2018ning ikki jamoasi bilan o'ynaydi
09 iyu 2018 13:26
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2019. Raqibimiz kuzda JCH-2018ning ikki jamoasi bilan o'ynaydi
Rossiyadagi mundialda 1/8 finalida Belgiyaga alamli tarzda yutqazib qo'ygan Yaponiya terma jamoasi ayni paytda bosh murabbiysiz.
Jamoa ustozi Akira Nishino o'z lavozimini tark etdi. Hozircha uning o'rniga yangi murabbiy tayinlanmadi.
"Samuraylar" Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirib qo'yishgan. Hozircha ularning ikkitasida raqib malum. 11 sentyabr kuni Kosta-Rika Yaponiyaga keladi. 12 oktyabrda esa Panama Niigatada mehmon bo'ladi. Ikkala jamoa ham Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etib guruhda qolib ketdi.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya Osiyo kubogi-2019da O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs 17 yanvar kuni BAAning Al Ayn shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar