So’nggi yangiliklar

15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  4 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   21 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22

Osiyo Kubogi-2015. Qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Sidney shahrida keyingi yil Avstraliyada bo'lib o'taditgan Osiyo Kubogi final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadigan marosimni saytimiz orqali yoritib boramiz.

Quyidagi havola orqali qurani onlayn tomosha qilish mumkin.

YANGILASH

Qurada 16ta jamoa to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi. Guruhdan eng yaxshi ikkita jamoa chorak finalga yo'l oladi. Quradan oldin savatchalar quyidagicha ko'rinish ega:

1-savatcha: Avstraliya, Eron, Yaponiya, O'zbekiston;
2-savatcha: J.Koreya, BAA, Iordaniya, Saudiya Arabistoni;
3-savatcha: Ummon, Xitoy, Qatar, Iroq;
4-savatcha: Bahrayn, Quvayt, KXDR, CHaqiruv Kubogi-2014 g'olibi.




O'zbekiston bayrog'ini ko'rdingizmi?


Afsuski SPORT telekanali marosimni jonli ravishda namoyish etmaydi. Bu haqda telekanal xodimlari malumot berishdi.

Saytimiz xodimlari quradan oldin o'z taxminlarini elon qilishdi. SIZ ham taxmin qilib ko'ring-chi.




Hozirda "Sidney" klubida faoliyat olib borayotgan italiyalik Alessandro Del Pero Osiyo Kubogi-2015ning elchisi hisoblanadi.




Qura tashlash marosimi mana shu sahnada bo'lib o'tadi.




Marosimning badiiy qismi boshlandi. Sahnada Avstraliyaning tarixiy ajdodlari hisoblangan "aborigenlar" raqslarni namoyish etishmoqda.

Alessandro Del Pero, SHinji Ono va bir qator futbolga aloqador shaxslar ishtirok etgan Osiyo Kubogi-2015ga bag'ishlangan videolavha namoyish etildi.



Sahnaga boshlovchilar Barbara Branc va Marko Bosnich chiqib kelishdi. Bosnich Avstraliya terma jamoasining sobiq darvozaboni hisoblanadi.



OK-2015 mahalliy tashkiliy qo'mitasi raisi Frank Lovi As yig'ilganlarga murojaat qilmoqda.

Navbat OK-2015 tashkiliy qo'mita raisi Sulton Ahmad SHoxga. U ham musobaqa haqda o'z fikrlarini bildirmoqda.

Osiyo Kubogining oldingi finallari va g'oliblari haqidagi video rolik namoyish etildi.



Yig'ilganlar zerikib qolishmasligi uchun yana qo'shiq, to'g'rirog'i musiqa.



Endi esa qita chempionati o'yinlari bo'lib o'tadigan shaharlarni tanishtirishmoqda. Eslatib o'tamiz, OK-2015 uchrashuvlari Brisben, Nyukasl, Sidney, Kanberra va Melburn shaharlarida o'tkaziladi.



Avstraliyalik futbolchi Brett Emerton sahna markaziga Osiyo kubogi olib chiqib joylashtirdi.

Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan barcha terma jamoalarga atalgan videolavhalar namoyish etilmoqda. O'zbekistonning navbati kelganida Geynrixning OK-2011da Janubiy Koreyaga urgan goli namoyish etildi.



OFK bosh kotibi Dato Aleks Susey sahnaga iroqlik Yunus Mahmud va yaponiyalik Takeshi Fukunishini taklif qildi. Ikkala futbolchi ham o'z terma jamoasi bilan Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan. 


DIQQAT MAROSIM BOSHLANDI.

"A" guruhi: Avstraliya, Janubiy Koreya, Ummon, Quvayt
"V" guruhi: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, KXDR
"S" guruhi: Eron, BAA, Qatar, Bahrayn
"D" guruhi: Yaponiya, Iordaniya, Iroq, CHaqiruv Kubogi-2014 g'olibi

Marosim yakunlandi. Bizni kuzatib borgan barchaga rahmat.

YANGILASH

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика