So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   270 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Osiyo Kubogi: 1-savat qanchalik foydali? Yangiliklar

Osiyo Kubogi: 1-savat qanchalik foydali?

26 mart kuni Avstraliyaning eng kata shaharlaridan biri Sidneydagi “Opera Xaus” saroyida 2015 yilgi Osiyo Kubogining final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatli tarafi shundaki, unda terma jamoamiz birinchi savatdan o'rin olgan. Buning foydali va aksincha taraflari, saralash bosqichidagi bazi holatlar xususida o'quvchilarimizni tanishtirib o'tamiz.


1-SAVATNING FOYDALI TARAFI
O'z-o'zidan birinchi savatdan joy olgan terma jamoalarga nisbatan osnroq bo'ladi, chunki ular ushbu savatdagi jamoalarga qarshi o'ynashmaydi. Lekin Osiyo Kubogiga yo'l olgan termalarga nazar solsak, har bir savatda etarli kuchga ega jamoalarni ko'rishimiz mumkin. SHuningdek, quraga ham ko'p narsa bog'liq. Unga ko'ra, juda yaxshi guruhdan o'rin olish yoki buning teskarisi sodir bo'lish ehtimoli mavjud. Biz guruhda Avstraliya, Eron va Yaponiya bilan maydonga tushmaymiz. Eng omadli qura sifatida O'zbekiston, Iordaniya, Ummon va CHaqiruv Kubogi-2014 g'olibini keltirib o'tishimiz mumkin. Yoki Iordaniya o'rniga Saudiya Arabistoni, Ummon o'rniga Xitoyni qo'yishimiz mumkin. Qolaversa, birinchi savatdagi jamoa guruh bosqichida dastlab 4, keyin 3 va oxirgi turda 2-savatdagi jamoa bilan kuch sinashadi. Bu asta-sekinlik bilan turnir mobaynida jamoaning tobora shiddatli o'yinlarga ko'nikib borishida muhim ahamiyatga ega. Ko'p narsa qura natijasidan keyin malum bo'ladi. Eng qiyin variant sifatida Janubiy Koreya, Iroq va Quvaytni keltirish mumkin. Yoki Koreya o'rniga BAA, Iroq o'rniga Qatar, Quvayt o'rniga KXDRni qo'yib ko'rish ham mumkin. Bunday vaziyatda jamoalarning qaysi savatdan ekanligining qizig'i qolmadi, saviyasi teng kuchli jamoalar yig'ilib qoladi.
Barcha savatlar bilan tanishib oling:

1-savat: Avstraliya, Eron, Yaponiya, O'zbekiston
2-savat: J.Koreya, BAA, Iordaniya, Saudiya Arabistoni
3-savat: Ummon, Xitoy, Qatar, Iroq
4-savat: Bahrayn, Quvayt, KXDR, CHaqiruv Kubogi-2014 g'olibi


1-SAVATNING ZARARLI TARAFI

O'z navbatida birinchi savatning qiyinchilik tug'diradigan tomonlari ham mavjud. Avstraliyada terma jamoalarning uchrashuvlarini turli shaharlarga belgilanishi aniq bo'lib ulgurgan. Faqat ikkinchi savatdan o'rin egallagan jamoalargina guruh bosqichini ikki shaharda o'tkazishadi. Bir bellashuvni boshqa shaharda, qolgan ikkitasini esa yana bir shaharda. Yani, yo'lga vaqtni sarflamaslik jihatidan ikkinchi savatdagi terma jamoalar eng yaxshi holatda bo'ladi. 1-savatdagi jamoalar har qanaqasiga bahslarni 3ta shaharda o'ynashadi. “A” guruhidan Avstraliya mezbon sifatida joy olishi elon qilingan. “V” guruhiga tushgan taqdirimizda dastlabki o'yinni Sidneyda, keyin Brisban va Melburnda maydonga tushamiz. Bu holda Sidneydan Brisbanga 1010 km, Brisbandan Melburngacha 1669 km masofa bosib o'tiladi. SHundoq ham Avstraliyagacha bo'lgan masofa, u erning iqlimi va vaqt farqi (5 soat)ga ko'nikish oson ish emas. Demak, tayyorgarlik rejasini shunga yarasha ishlab chiqish lozim. “S” guruhiga tushsak, Melburndan Sidneyga 963 km, so'ng Sidneydan Brisbanga 1010 km masofa bosib o'tiladi. “D” guruhidan o'rin olsak, Nyukasldan Brisbanga 763 km, Brisbandan Melburnga 1669 kmni bosib o'tamiz. Albatta, futbolchilar bu masofani samolyotda uchib o'tishadi, lekin baribir bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yuraverish odamga tasir qiladi. Bunga malum vaqt ham sarflanadi.

 Albatta, barcha terma jamoalar teng holatda bo'lishadi. SHu taraflama imkoniyat va qiyinchiliklar teng miqdorda. Biroq tayyorgarlik jarayonida shunday jihatlarga etibor qaratish yaxshiroq natijalar qayd etishga yordam berishi mumkin.

26 mart kuni Sidneydagi marosimdan keyin terma jamoamizning yillik ish rejasini to'liq tasdiqlab olish shart. Yani, o'rtoqlik uchrashuvlari qaysi jamoalarga qarshi o'tkazilishini. CHunki to'laqonli yig'in o'tkazishga noyabr oyi oxirigacha baribir vaqt bo'lmaydi. Legionerlarimiz o'z klublari safida milliy chempionat bahslarida maydonga tushishadi. Rossiya va Ukrainada esa dekabr oyi o'rtalarigacha o'yinlar davom etiriladi. Demak, futbolchilarning ko'nikishida muammo yuzaga kelmasligi uchun har bir FIFA kunidan unumli foydalanish shart. Evropada ichki birinchiliklar vaqtliroq yakunlanadi. O'sha payt terma jamoalar ishtirokida o'tkazish avjiga chiqadi. Balki, o'shanda legionerlarning bazilari va oliy ligadan futbolchilarni chaqirib, bir necha bellashuvlarda maydonga tushish mumkin. Lekin bu bizning xayoldagi reja xolos. Oxirgi yillardagi holatdan kelib chiqsak, o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish biz uchun katta muammoga aylanib boryapti.

Muxlislar va jurnalistlarga terma jamoalarning turli shaharlarda o'ynashi qiyinchilik tug'dirishi mumkin, lekin Avstraliyada o'tadigan Osiyo Kubogiga qiziqish juda yuqori. Hozirdanoq bu mamlakatda turli tadbirlar boshlab yuborilgan, jahondagi aksar davlatlarning OAV ushbu musobaqani bevosita yoritishga qiziqish bildirishmoqda. CHunki Avstraliya har doim etiborda turadi. Yaqinlashib kelayotgan turnir Okeaniyadan OFKga ko'chib o'tgan “sokkeruzlar”ning Osiyoga batamom qo'shilishini anglatadigandek go'yo.

Kelasi chorshanba kuni Sidneyda o'tkaziladigan qurani ko'pchilik sabrsizlik bilan kutmoqda. U qanday kelishidan qati nazar milliy terma jamoamiz o'yini va natijasi bilan afsuslanishga majbur qilmaydi deb umid qilamiz.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика