So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  363 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Osiyo futbolidagi bazi malumotlarni savol-javob shaklida etiboringizga havola etamiz.

Savol: CHa Bum Kun 1998 yilga qadar Bundesligada eng ko'p gol urgan legioner bo'lib kelayotgandi. Uning rekordini kim yangilagan?

Javob: Stefan CHapuisat. Ushbu futbolchi Bundesligada 308 uchrashuv o'tkazib, 98ta gol urgan. U faoliyati davomida "Darmshtadt", "Ayntraxt" va "Bayer" klublarida to'p tepgan. Hozirda mazkur rekord Robert Levandovskiga tegishli. 


Savol: Xitoy Superligasining 2019 yilgi mavsumida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan stadion qaysi?

Javob: Bu "Beyjing" FK uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Uorkers" stadioni. O'rtacha har o'yinga 66,661 muxlis tashrif buyurdi. 


Savol: OCHLda bitta o'yinda eng ko'p gol urgan futbolchi kim?

Javob: Magno Alves. Braziliyalik hujumchi "Gamba Osaka" tarkibida Vetnamning "Da Nang" klubiga bir o'yinda 5ta gol urishning uddasidan chiqqan. 


Savol: 2018 yil ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogida kim to'purar bo'lgan?

Javob: Li Ying. Xitoylik hujumchi 7ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi.


Savol: Beshta Osiyo Kubogida ishtirok etgan yagona futbolchi kim?

Javob: Ignatiy Nesterov. Nesterov 2004 - 2019 yillar oralig'ida o'tkazilgan barcha beshta musobaqada ishtirok etib, bu borada o'ziga xos rekordchi hisoblanadi. To'rt martadan qatnashganlar: Yasuxito Endo (Yaponiya), Jeng Ji (Xitoy) va Masud SHojayi (Eron). 


Savol: Janubiy Koreya K-ligasiga qachon asos solingan?

Javob: 1983 yilda. Malumot uchun Yaponiya J-ligasi 1992 yilda, Xitoy Superligasi esa 2004 yildan yo'lga qo'yilgan. 


Savol: Ham OFK Kubogi, ham OCHL finalida o'ynab mag'lubiyatga uchragan jamoa qaysi?

Javob: Bu Suriyaning "Al Karama" klubi. "Al Karama" 2006 yil OCHL finaliga chiqib, "CHonbuk Xyunday Motors"ga imkoniyatni boy bergan. 2009 yilgi OFK Kubogi finalida esa "Quvayt SK"dan mag'lub bo'lgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика