So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   8 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Qitamiz futboliga oid malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Server Jeparovning professional futboldagi marshruti qaysi yo'nalish bo'yicha kechgan?

Javob: "Navbahor", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Seul" (J.Koreya), "Al SHabab" (S.Arabistoni), "Seongnam" (J.Koreya), "Ulsan Xyunday" (J.Koreya), "Lokomotiv", "Istiqlol" (Eron), "Sepaxon" (Eron), "Jetisu" (Qozog'iston) va "Metallurg". 


Savol: Osiyo chempionlar ligasida eng tezkor gol muallifi kim?

Javob: Sebastyan Kuintana. "Lahviya" futbolchisi 2013 yilning 9 aprel kuni "Paxtakor" darvozasini 9-soniyadayoq ishg'ol qilgandi. Bu rekordni shundan beri hech kim yangilagani yo'q. 


Savol: 2018 yil ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kim g'oliblikni qo'lga kiritgan?

Javob: Yaponiya ayollar terma jamoasi. Yaponiyalik qizlar finalda Avstraliyani 1:0 hisobida mag'lub etishgan. 


Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu albatta, hammamiz yaxshi bilgan "Paxtakor" markaziy stadioni. 34 ming muxlisga mo'ljallangan ushbu o'yingohda 2008 va 2010 yillarda U-16 Osiyo chempionati musobaqalari bo'lib o'tgan. 


Savol: Osiyo chempionlar ligasida nechta jamoa yutqazmasdan chempion bo'lgan?

Javob: To'rtta jamoa. Bular - "Al Ittihod" (2005), "Urava Reds" (2007), "Gamba Osaka" (2008) va "Ulsan Xyunday" (2012).


Savol: Qatar, Quvayt, Iroq, Xitoy. Bu jamoalardan qaysi biri Osiyo Kubogida g'olib bo'lmagan?

Javob: Xitoy. Qatar 2019 yilgi musobaqada g'olib chiqqanini yaxshi bilasiz. Quvayt 1980 yil, Iroq esa 2007 yil Osiyo Kubogida zafar quchgan. Xitoy terma jamoasi 1984 va 2004 yil finalga borishiga qaramay g'alaba qozona olmagan. 


Savol: JCH-2002da Janubiy Koreya penaltilar seriyasida Ispaniyani mag'lub etganida koreyaliklardan hal qiluvchi zarbani kim bergan?

Javob: Jamoa sardori Xong Myung Bo. "Gvangju" stadionida kechgan bahsda Janubiy Koreya Ispaniyani mag'lub etib shov-shuvli tarzda yarim finalga yo'l olgandi. 


Savol: Bu qaysi klubning logotipi?

Javob: Bu logotip Eronning "Persepolis" klubiga tegishli.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика