So’nggi yangiliklar

22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  55 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  9 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Qitamiz futboliga oid qiziq malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Osiyo Kubogi tarixida eng tezkor gol muallifi kim?

Javob: Ali Mabxut. BAA terma jamoasi hujumchisi 2015 yil Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogida Bahrayn darvozasiga 14-soniyadayoq to'p kiritgandi. O'sha musobaqada Mabxut 6 o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. 


Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu Janubiy Koreyadagi "Jeonju Uorld Kap" stadioni bo'lib, "CHonbuk Xyunday" uy uchrashuvlarini shu erda o'tkazadi. Stadion sig'imi 42,477 muxlisga mo'ljallangan. 2006, 2011, 2016 yilgi OCHL finallari masha shu o'yingohda o'tkazilgan.


Savol: 2003 yil Osiyo chempionlar ligasida kim g'alaba qozongan?

Javob: 2002/03 yilgi mavsum OCHLga o'zgargan hamda yangi formatga o'tkazilgan ilk musobaqa bo'lgan. OCHLning dastlabki g'olibi BAAning "Al Ayn" klubi hisoblanadi. "Al Ayn" finalda Tailandning "BEK Tero Sasana" klubini 2:1 hisobida mag'lub etgan. 


Savol: Ayollar futboli bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining dastlabki g'olibi kim?

Javob: Bu musobaqa tarixda birinchi marta o'tgan yil o'tkazildi. 2019 yilning noyabr oyida Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan kichik turnirda 4ta jamoa ishtirok etib, yakunda Yaponiyaning "Nippon TV Beleza" ayollar jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. 


Savol: OFK Kubogi yo'lga qo'yilganidan beri barcha yillarning eng yaxshi to'purari kim?

Javob: "Seres Negros" (Filippin) jamoasining ispaniyalik hujumchisi Bienvenido Maranon. U shu paytgacha bu musobaqada 35ta gol urgan. 


Savol: Server Jeparov qachon Osiyoda "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan?

Javob: Jeparov ikki bor - 2008 va 2011 yillari Osiyoda "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deya tan olingan. Ikki marta eng yaxshi deb topilgan yana bir futbolchi bor, bu - Xidetoshi Nakata. Nakata 1997-1998 yillarda kema-ket ikki bor tengsiz bo'lgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика