So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  6 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Teglar :  Osiyo futboli Osiyo
Qitamiz futboliga oid bazi qiziq malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Vetnam terma jamoasining laqabi nima?

 

Javob: Vetnam terma jamoasining laqabi "Oltin yulduzlar". CHunki ushbu mamlakat bayrog'ida oltin rangdagi yulduz surati bor. 


Savol: Bu qaysi stadion?

 

Javob: Bu Xitoydagi "Tianxe" stadioni bo'lib, 1987 yil ochilgan. 58,500 muxlisni o'z bag'riga sig'diradi. 2013 va 2015 yilgi OCHL finallari mana shu stadionda o'tkazilgan. 


Savol: Quvaytning "Al Qodisiya" klubi OFK Kubogi-2014 finalida qaysi jamoani mag'lub etgan?

Javob: Iroqning "Arbil" klubini. "Al Qodisiya" 2010 va 2013 yillarda ham final o'ynab, biroq g'alaba qozona olmagan. Nihoyat bu jamoa 2014 yilgi mavsumda "Arbil" ustidan penaltilar seriyasida zafar quchib ilk bor kubokni qo'lga kiritgan.


Savol: Muhammad Nur necha marta OCHL finalida o'ynagan?

Javob: Uch marta. Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi sobiq futbolchisi 2004, 2005 va 2009 yilgi OCHL finallarida maydonga tushgan. U hatto dastlabki ikki finalda ketma-ket gol urgan futbolchi hisoblanadi. 


Savol: Eronlik Alirizo Jahonbaxsh APLdagi ilk golini qaysi jamoaga urgan?

Javob: Alirizo "Brayton" sharafini himoya qilayotganini ko'pchilik yaxshi biladi. U APLdagi ilk golini o'tgan yil oxirida "Bornmut" darvozasiga kiritdi. 


Savol: OCHL finalida ishtirok etgan Avstraliyaning ilk jamoasi qaysi?

Javob: "Adelaida Yunayted". Bu klub 2008 yil OCHL finaliga qadar etib borib, yakunda Yaponiyaning "Gamba Osaka" jamoasiga 0:5 hisobida yutqazgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика