So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH va OK saralashi formatiga o'zgartirish kiritadi Yangiliklar

Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH va OK saralashi formatiga o'zgartirish kiritadi

Kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi bahslari - final bosqichida 16ta jamoa ishtirok etadigan so'nggi turnir bo'ladi.
OFKning eng nufuzli musobaqasi final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar soni 2019 yilgi musobaqadan boshlab 24tani tashkil etadigan bo'ldi.

SHuningdek JCH saralash bosqichi formatiga ham bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Unga ko'ra, JCH so'nggi saralash bosqichida ishtirokchilar soni 10tadan 12taga ko'payadi.

Mazkur o'zgarish OFK tomonidan elon qilingan eng muhim uch qarordan biri bo'ldi. Kelasi yilddan boshlab OFK CHaqiruv Kubogi musobaqasi ham o'tkazilmaydi. SHu yilning may oyida Maldiv orollarida bo'lib o'tadigan CHaqiruv Kubogi musobaqasi ushbu turnir tarixidagi so'nggisi bo'ladi.

Osiyo Kubogi final bosqichi saralashi hamda JCH 1-saralash bosqichi o'yinlari birlashtiriladi. OFK bu masalaga yuzasidan yakuniy qarorini navbatdagi qo'mita yig'ilishida elon qiladi.

Yangi formatga ko'ra, jami 40ta terma jamoa har bir guruhda besh jamoadan 8 guruhga bo'lingan holda saralash bahslarini boshlaydi. Guruhda birinchi o'rinni kiritgan 8ta jamoa va eng yaxshi ikkinchi o'rinda qayd etilgan yana 4ta jamoa (jami 12ta) Osiyo Kubogi final bosqichi va Jahon CHempionati so'nggi saralash bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Yani, endilikda JCH-saralash so'nggi bosqichida avvalgidek 10ta emas, 12 ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda JCH yo'llanmasi uchun kurashadi.

Qolgan 24ta jamoa 4tadan 6ta guruhga bo'lingan holda Osiyo Kubogi final bosqichining qolgan 12ta yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

OK final bosqichi va JCH so'nggi saralash bosqichi ishtirokchilari sonining kengaytirilganini OFK boshqa Futbol Uyushmalari terma jamoalarining ham ushbu musobaqalarda ishtirok etishini taminlashi bilan izohlagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика