So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH-2018 saralash bahslari mexanizmini tasdiqladi Yangiliklar

Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH-2018 saralash bahslari mexanizmini tasdiqladi

Osiyo Futbol Konfederaciyasi 29 noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tgan Qo'mita yig'ilishida JCH-2018 1-saralash bosqichi qurasi sanasini va saralashning mexanizmini tasdiqladi.
Avvalroq Osiyo Futbol Konfederaciyasi JCH-2018 saralash bahslari mexanizmiga bir qator o'zgartirishlar kiritgani va unga ko'ra JCH-2018 va OK-2019 saralash bahslari birlashtirilgani haqida malumot bergan edik.

OFK tasdiqlagan qarorga ko'ra, JCH-2018 Osiyo qitasi saralash bahslari 1-bosqich o'yinlaridan boshlanadi. Ushbu bosqichga qura tashlash marosimi esa 10 fevral kuni bo'lib o'tadi. Ammo, mazkur bosqichda nechta jamoa ishtirok etishi JCH-2018 saralash bahslarida qatnashish uchun berilgan zayavkalar sonidan so'ng aniq bo'ladi. Agar, JCH-2018 saralash bahslarida ayni damda OFK tasarrufiga kiruvchi barcha 47ta terma jamoa ishtirok etish istagini bildirsa, 1-saralash bosqichida 14ta jamoa 7ta juftlikka bo'lingan holda ishtirokini boshlaydi. Uy-safar tizimida o'tadigan mazkur bosqich o'yinlari 12 va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu juftliklarda g'alaba qozongan jamoalar esa navbatdagi bosqichga yo'l oladi. Agarda, saralash bahslarida ishtirok etish uchun berilgan zayavkalar soni 40tadan oshmasa, u holda 1-saralash bosqichi o'tkazilmaydi.


Zayavkalar soni

1-saralash bosqichi uchun zayavkalar soni

(quyi reytingdan)

2-bosqichga avtomatik yo'l oladigan  jamoalar soni

1-bosqich g'oliblari + 2-bosqichda ishtirok etadigan jamolar

47

14 (reyting 34-47)

33

7+33=40

46

12 (reyting 35-46)

34

6+34=40

45

10 (reyting 36-45)

35

5+35=40

44

8 (reyting 37-44)

36

4+36=40

43

6 (reyting 38-43)

37

3+37=40

42

4 (reyting 39-42)

38

2+38=40

41

2 (reyting 40-41)

39

1+39=40



Agar 1-bosqich saralash bahslari o'tkazilmasa, ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi 17 aprel kuni bo'lib o'tadi. Ushbu bosqichda 40ta jamoa har bir guruhda 5tadan 8 guruhga bo'lingan holda kurashni davom ettiradilar. Ushbu bosqichda ham har bir jamoa uy-safar tizimida bahslashadilar. Yani har bir guruhda jamoalar jami 8tadan uchrashuv o'tkazadilar. Guruhdagi jamoalar soni toq bo'lgani uchun, har bir turda 2tadan uchrashuv o'tkaziladi va bir jamoa dam oladi.

OFK taqvimiga ko'ra, ushbu guruh o'yinlari 2015 yilning 11 iyunidan 2016 yilning 29 mart kunigacha bo'lib o'tadi. Tur o'yinlari bo'lib o'tadigan sanalar esa quyidagicha: 11 iyun (1-tur), 16 iyun (2-tur), 3 sentyabr (3-tur), 8 sentyabr (4-tur), 8 oktyabr (5-tur), 13 oktyabr (6-tur), 12 noyabr (7-tur), 17 noyabr (8-tur), 24 mart (9-tur) va 29 mart (10-tur).

Guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan 8ta jamoa va eng yaxshi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan yana to'rt jamoa Osiyo Kubogi-2019 guruh bosqichiga avtomatik ravishda yo'llanmani qo'lga kiritadilar va JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi uchun 3-saralash bosqichida kurashni davom ettiradilar. Ikkinchi bosqichda so'nggi o'rinni egallagan jamoalar esa OK-2019 final bosqichining qolgan 12ta yo'llanmasi 4tadan 6ta guruhga bo'lingan holda kurashni davom ettiradilar. Ushbu 6ta guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar OK-2019 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. Eslatib o'tamiz, OK-2019 final bosqichida avvalgidek 16ta emas, 24ta jamoa ishtirok etishi tasdiqlangan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика