So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Osiyo chempionlari mart oyida vodiyda Saudiya Arabistoni bilan o'rtoqlik uchrashvini o'tkazadi Yangiliklar

Osiyo chempionlari mart oyida vodiyda Saudiya Arabistoni bilan o'rtoqlik uchrashvini o'tkazadi

Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida g'alaba qozonib, butun o'zbek xalqiga haqiqiy bayram tuhfa etgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining oldida yana bir jiddiy vazifa turibdi.

SHu yilning avgust oyida Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida aynan Xitoyda chempionlikka erishgan futbolchilar ishtirok etishadi. Bo'lg'usi musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishni rejalashtirgan.

Jumladan, shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan O'zbekistonda ikkita o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Xabaringiz bo'lsa, O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Farg'onaga uyushtirgan safari chog'ida vodiyda xalqaro o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish va bu erdagi futbol muxlislari uchun haqiqiy bayram tashkil etish bo'yicha vada berib o'tgandi.  

Ana shu vadaga muvofiq, Saudiya Arabistoniga qarshi dastlabki o'rtoqlik o'yini 21 mart kuni Farg'onada bo'lib o'tadi. Oradan 4 kun o'tib 25 mart kuni O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Andijonda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Bu o'rtoqlik o'yinlari vodiydagi futbol muxlislari uchun Navro'z bayramiga haqiqiy tuhfa bo'lishi aniq.

Mazkur o'yinlar orqali Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik olib boradi.

Reyting: +118   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика