O'rtoqlik uchrashuvi. Yoshlarimiz so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi
02 fev 15:31
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. Yoshlarimiz so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi
Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoyda Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugun yoshlarimiz xitoylik tengdoshlariga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning katta qismida 2:0 hisobida oldinda borgan yoshlarimiz so'nggi daqiqalarda 2 ta gol o'tkazib yubordi va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bahs so'nggida jamoalar o'zaro penaltilar seriyasida ishtirok etdi va unda yoshlarimiz 5:4 hisobida g'alaba qozondi.
O'zbekiston U-20 — Xitoy U-20 2:2
Terma jamoamizdan gol urganlar: Asilbek Jumaev, Dilshod Abdullaev.
O'zbekiston U-20: Sobirov, Ahmadjonov, Rizoqulov, Abdullaev, Xayrullaev, To'lqinbekov, Karimov, O'rinboev, Saidov, Tuxsanov, Jumaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzaev, Haydarov, Saidnurullaev, Komilov, Jumatov, Zohidov, Fayzullaev, Reimov, Fomin






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar