O'rtoqlik o'yinlari. Qatar Islandiya bilan durang o'ynadi, Yaponiya Belgiyaga mag'lub bo'ldi
15 noy 2017 03:37
Yangiliklar
O'rtoqlik o'yinlari. Qatar Islandiya bilan durang o'ynadi, Yaponiya Belgiyaga mag'lub bo'ldi
Jumaladan Qatar terma jamoasi o'z maydonida Evro-2016 qahramonlaridan biri Islandiya termasi qabul qilib, Muntarining 90-daqiqada kiritgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Qatar – Islandiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 26 Kyartansson, 1:1 – 90 Muntari.
Qatar – Al-SHeb, Al-Ravi, Budiaf (Maqsud, 63), Ali, Al-Obeydi (Xoder, 67), Umar (Fatahi, 75), Salim (Hasan, 75), Xalid, Ali (Muntari, 67), Muhammad (Alaa, 75), Afif.
Islandiya – Kristinsson (Yonsson, 46), Skulason (Gunnarsson, 79), Sigurdsson, Foluson, Xoannesson (Byarnason, 64), Siguryonsson, Smarason (Xermannsson, 46), Gislason, Sigurdsson, Traustason, Kyartansson (Finnbogason, 46).
Ogohlantirish:Ingason (53), Maksud (84).
Besh kun ilgari Braziliya termasi bilan o'rtoqlik o'yinida ishtirok etgan Yaponiya terma jamoasi bu gal Belgiya bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Romelu Lukaku tomonidan kiritilgan gol o'yin taqdirini hal qildi.
Belgiya – Yaponiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:1:0 – 72 Lukaku.
Belgiya – Minole, Vermalen, Vertongen, Mene, Kabasele, de Bryuyne (Dembele, 62), SHadli (Lukaku, 84), Vitcel (Defur, 84), Azar, Mertens (Miralyas, 60), Lukaku (Origi, 74).
Yaponiya –Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai (Sakai, 86), Makino, Ideguti, Nagasava (Morioka, 62), Yamaguti, Xaraguti (Inui, 78), Osako (Sugimoto, 73), Asano (Kubo, 68).
Ogohlantirish:Ideguti (75).
Fikrlar