O'rtoqlik o'yini. "Bunyodkor" Minskda "Energetik-BGU" bilan jangovar durang qayd etdi
		
		16 iyu 2022 19:20
        Yangiliklar	
	 
				 
				O'rtoqlik o'yini. "Bunyodkor" Minskda "Energetik-BGU" bilan jangovar durang qayd etdi
O'yin boshidayoq 2 ta to'p o'tkazib yuborgan "Bunyodkor" 2-taymda vaziyatni o'nglashga erishdi. Dastlab 58-daqiqada Umarali Rahmonaliev jarima zarbasi orqali chiroyli gol urgan bo'lsa, Jasur Hakimov o'zi ishlagan penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 2:2.
Alohida aytish joiz, "Energetik-BGU" etakchilari, shu jumladan, hujumchi Bobir Abdixoliqov va himoyachi Abduqodir Husanov mazkur uchrashuvda ishtirok etmadi. Belarusliklar safida hamyurtlarimizdan faqat SHohruh Abdurahmonov o'ynadi.
Birinchi taymda g'alaba qozonib turgan Belarus klubi ikkinchi taymda 2004 va 2005 yillarda tavallud topgan futbolchilar xizmatidan foydalandi.
Nazorat bahsi
"Bunyodkor" – "Energetik-BGU" 2:2
"Minsk" sport majmuasi
Gollar: Ilya Grishenko, 12 - 0:1. Ilya Grishenko, 20 - 0:2. Umarali Rahmonaliev, 58 - 1:2. Jasur Hakimov, penalti 88 - 2:2.
"Bunyodkor" (1-taym): 32. Suhrob Sultonov, 3. Mahmud Mahamadjonov, 4. Davron Ergashev, 6. Avaz O'lmasaliev, 37. Muhammadodil Qahramonov, 10. Rasul Yo'ldoshev, 11. Dmitriy Pobulich, 21. G'ayrat Azizxo'jaev, 8. Francis Narx, 14. Husayn Ergashboev, 49. Ibrohim Tomiva
"Bunyodkor" (2-taym): 91. Zafar Safoev, 7. Farhod Mirahmatov, 2. Sardor Xursandov, 4. Davron Ergashev, 29. Muzaffar Olimjonov, 19. Bilol Tupliev, 25. Muhammadsafo Fozilov, 33. Umarali Rahmonaliev, 15. Jasur Hakimov, 22. Usmonali Ismonaliev, 49. Ibrohim Tomiva
"Energetik-BGU": 1. Denis Seledcov, 3. Aleksey Lavrik, 15. Ilya Lukashevic, 25. Roman Papariga, 8. Yaroslav Makushinskiy, 5. SHohruh Abdurahmonov, 22. Maksim Kunskiy, 17. Danil Silinskiy, 11. Ilya Grishenko, 14. Pavel Pashevich, 9. Artyom Turich
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar