So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

"Orol"ning oliy ligadagi eng qiyin raqiblari TOP-5 Yangiliklar

"Orol"ning oliy ligadagi eng qiyin raqiblari TOP-5

Nukusning “Orol” jamoasi Oliy ligada 5 mavsum to'p surgani haqida malumot berib o'tgan edik.

Quyida nukusliklarning Oliydagi eng qiyin 5 ta raqibi haqida to'xtalib o'tamiz.

5. "Surxon". 8 o'yin. 2 g'alaba, 1 durang, 5 mag'lubiyat. To'plar nisbati 11:18
"Orol" "Surxon" bilan 8 marta to'qnash kelib, 5 ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan. Nukusliklar 3 ta o'yinda 1:4 hisobidan yutqazgani ham Termizliklarning naqadar murakkab raqib bo'lishganidan dalolat beradi. Qoraqalpog'istonliklar Surxondaryo viloyati jamoasi bilan kechgan so'ngi 4 ta o'yinning barchasida taslim bo'lishgan.

4. "Do'stlik". 8 o'yin. 1 g'alaba, 1 durang, 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati 10:22
Nukusliklar Oliy ligada "Do'stlik" bilan 8 marta to'qnash kelib, atigi bir marta g'alaba qozonishgan. Yagona g'alaba jamoalarning 2001 yilgi, yani eng oxirgi o'yinlariga to'g'ri keladi. O'shanda "Turon"da kechgan bellashuvda mezbonlar 4:3 hisobida zafar quchishgan. SHuningdek ilk o'yinda durang qayd etilgan va qolgan 6 ta bahsda Toshkent viloyati jamoasi g'oliblikni tantana qilgan. Nukus jamoasi ikki marta yirik hisobda yutqazganini ham takidlab o'tish joiz.

3. "Navbahor". 10 o'yin. 2 g'alaba, 1 durang, 7 mag'lubiyat. To'plar nisbati 5:27
"Orol" jamoasi "Navbahor" bilan 10 marta uchrashgan. Qiziq tomoni nukusliklar birinchi va oxirgi o'yinda g'alaba qozonishgan. "Navbahor" 7 ta g'alabaning 5 tasini yirik hisobda nishonlagan. Namanganda kechgan ikkita to'qnashuvda esa 6:0 hisobi qayd etilgan. 1994 yili "Navbahor" "Turon" stadionida 4:1 hisobida ustun kelgan.

2. "Buxoro". 10 o'yin. 1 g'alaba, 9 mag'lubiyat. To'plar nisbati 7:34
"Buxoro" "Orol" bilan kechgan 10 o'yinda faqatgina bir marta ochko yo'qotgan. 1994 yili "Turon"da kechgan bellashuvda mezbonlar kichik hisobda ustun kelishgan. Qolgan 9 bellashuv esa Buxoroliklarning g'alabasi bilan yakunlangan. Nukus jamoasi ikki martadan 1:4 va 0:5 hisoblarida, bir marta 1:7 hisobida o'yinni boy berishgan.

1. "Neftchi". 10 o'yin. 10 mag'lubiyat. To'plar nisbati 4:30
Nukusliklarning Oliy ligadagi eng noqulay raqibi "Neftchi" bo'lgan. Farg'onaliklar barcha 10 o'yinda ham "Orol"ni mag'lubiyatga uchratgan. Jamoa 10 o'yinning atigi 3 tasida gol urgan va 5 ta to'qnashuvda yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ygan. Eng qizig'i "Orol" Oliy ligada ishtirok etgan 5 mavsumning to'rttasida aynan "Neftchi" klubi chempionlikni qo'lga kiritgan.


Furqat Yusupov


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика