“Orol” mavsumni bosh murabbiysiz boshladi
04 apr 2014 20:28
Yangiliklar

“Orol” mavsumni bosh murabbiysiz boshladi
Xabaringiz bor, kecha yurtimizda birinchi liga o'yinlariga start berildi
Nukusning “Orol” jamoasi bu yilgi mavsumda ham chempionatda ishtirok etmoqda. Kecha bu jamoa o'z maydonida Samarqandning “SHerdor” klubini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar muxlislarini qanchalik xursand qilishni istagan bo'lishlariga qaramay, yakunda ular 1:2 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Bahs poyoniga etgach “Orol” ustozi Nematulla Qutiboev bilan bog'langanimizda u kishi chempionatning birinchi o'yinida jamoani o'zi maydonga olib tushmaganini va shu kuni “Barkamol avlod” musobaqasiga nukusliklarni tayyorlayotganini aytib qoldi. SHu bois “Orol”ni birinchi turda Qutiboevning yordamchisi maydonga olib tushgan. Nematulla Qutiboev esa bizga bu vaqtinchalik xolat ekanligini va keyingi turlarda albatta o'zi jamoada bo'lishini malum qildi.

Fikrlar