"Orol" jamoasi qachon yig'iladi?
14 jan 2018 18:07
Yangiliklar
"Orol" jamoasi qachon yig'iladi?
Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport ishlari qo'mitasi raisi G'.Bayniyazov ham ishtirok etgan.
Uchrashuv tanqidiy ruhda o'tgan. Jamoaning kelajagi va ayrim o'yinlardagi "ataylab" qilingan xatolar videolari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar jamoa murabbiyligiga Nematulla Qutibaevning qaytishini so'rashdi. Biroq N.Qutibaev futbolchilarni aldashga vijdoni yo'l qo'ymasligini, shuning uchun futbolchilarga yaxshi sharoit yaratib berilmasa jamoaga qaytmasligini malum qilgan.
Agar klubga Nematulla Quttibaev bosh murabbiy sifatida qaytsa, SHariyar Jumabekov yordamchi murabbiy va Quvat Tureev menendjer bo'lishi kutilmoqda.
Darvoqe, yangi mavsum boshlanishiga oz muddat qolgan bo'lsa ham jamoa futbolchilari hali yig'ilishmadi. Futbolchilarning o'zlari ham keyingi taqdirlari qanday kechishini bilishmayapti.
"Orol" jamoasi qachon yig'iladi? Bu savolga tegishli mutasaddilardan javob kutib qolamiz.
Fikrlar