So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  53 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

Orif Mamajonov: "Dinamo"ni ahillik evaziga mag'lub etdik" Yangiliklar

Orif Mamajonov: "Dinamo"ni ahillik evaziga mag'lub etdik"

Oliy liganing 1-turida "Qo'qon-1912" jamoasi safarda "Dinamo"ni mag'lub etib, chempionatni g'alaba bilan boshladi.
Uchrashuvda Orif Mamajonov tomonidan kiritilgan yagona gol qo'qonliklarga g'alaba keltirdi. Bu bilan yarim himoyachi jamoasining muvaffaqiyatiga salmoqli xissa qo'shdi. SHu bois, Mamajonov 1-tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi.

- CHempionatni g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz. Aslida ham Samarqandga faqat g'alaba uchun borgandik. Xudoga shukur, maqsadimizga erishdik. O'yin qiyin kechdi. Mezbonlar ham ochko yo'qotishni istamadi. Uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochganimiz bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi.

- Ahilligimiz evaziga g'alabani saqlab qoldik. Yigitlar bir-birimizni qo'llab-quvvatlab, faqat oldinga intildik.

- O'yindan oldin gol urishni xayolimdan o'tkazgandim. Albatta urgan golim jamoamga g'alaba keltirganidan mamnunman.

- Samarqandga borib jamoamizni sezilarli ravishda olqishlab turgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. Ularni keyingi o'yinlarda ham xursand qilish uchun bor kuchni ishga solamiz.

- "Qo'qon-1912" men uchun begona emas. O'zim tug'ilib o'sgan shahrim jamoasiga qaytganimdan xursandman. Tarkibda mehnatkash yigitlar yig'ilgan. Ular bilan yuqori o'rinlar uchun kurashsa bo'ladi. Har xolda shunga harakat qilinmoqda.

- Ramziy terma jamoadan o'rin olganimdan xursandman. "championat.asia" portali xodimlariga buning uchun minnatdorchilik bildiraman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика