So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  6 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

"Ordabasi" prezidenti Qozog'iston Superkubogi oldidan transfer taqiqi bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi Yangiliklar

"Ordabasi" prezidenti Qozog'iston Superkubogi oldidan transfer taqiqi bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi

"Ordabasi" prezidenti Bauirjan Abdubaitov klub albatta mushkul holatdan chiqib ketishi xususida to'xtalib o'tdi.

"Sizni ishontirib aytamanki, biz sobiq futbolchilar oldidagi qarzimizni to'lab bo'lganmiz, biroq bazi futbolchilarning bank hisob raqamlariga mablag' tushirishda biroz mushkullik bor. Qozog'iston Superkubogi uchun bahsga qadar transfer taqiqi bekor qilinishiga shubha qilmaymiz va biz barcha yangi kelganlarni ro'yxatga kirita olamiz.

O'tgan yili "Astana" bilan o'ynagan tarkib o'ynashiga yo'l qo'yamanmi? Yo'q, buning iloji yo'q, jamoamiz 90 foizga yangilandi, lekin yana bir bor aytmoqchimanki, biz o'z majburiyatlarimizni amalda bajarib bo'ldik, endi taqiqni olib tashlash texnik masala xolos", – dedi Bauirjan Abdubaitov.

Malumot o'rnida, "Astana" hamda "Ordabasi" o'rtasidagi Qozog'iston Superkubogi uchrashuvi 25 fevral kuniga belgilangan. 

Eslatib o'tamiz, "Ordabasi" safiga yaqinda hujumchi Bobir Abdixoliqov borib qo'shilgandi. SHuningdek, SHimkent klubida yarim himoyachi SHahboz Umarov ham to'p tepadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика