So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  7 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  3 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  31 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

Oradan 120 kun o'tdi, lekin hech narsa o'zgargani yo'q Yangiliklar

Oradan 120 kun o'tdi, lekin hech narsa o'zgargani yo'q

"Championat.asia" saytida Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatimizdan so'ng jurnalist SHahboz Beg'amovning "Kuper uslubi o'zbek futboliga begona", degan sarlavhali maqolasi chop etilgandi.

O'shanda SHahboz Beg'amov Kuper terma jamoamizga qo'llayotgan uslub bizning futbolga to'g'ri kelmasligi, Osiyo Kubogida biz kutilgan o'yinni namoyish etolmay, yakunda natija borasida inqirozga uchraganimizni yozgandi.

Kuper uslubi o'zbek futboliga begona 

Undan keyin terma jamoamiz mart oyida yig'ilib, Xitoyda o'tgan turnirda ishtirok etib qaytdi. SHuningdek, 28 may kuni navbatdagi yig'inga kirishgan terma jamoamiz bugun Turkiya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

To'g'ri, jamoamizning hozirgi holati va raqiblarning darajasi o'rtasidagi farq sezildi. Mag'lubiyat bu katta fojia emas. Ammo gap natijada emas, balki terma jamoamiz ishtirokidagi futbol, mazmunsiz o'yin va to'psiz qiynalayotgan futbolchilarning harakati hali ham hech narsa o'zgarmaganini ko'rsatmoqda. 

Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlik va saytimizda chop etilgan maqola chiqqaniga 120 kun bo'ldi. Ammo terma jamoamizda hali ham hech narsa o'zgargani yo'q.

Yani, milliy jamoamiz o'yini poydevori ko'rinmayapti.

Quyida o'sha maqolani etiboringizga havola etamiz: Kuper uslubi o'zbek futboliga begona         

Osiyo Kubogida jamoalar eng ko'p aniq zarbani — Turkmaniston va O'zbekiston darvozasi tomon yo'llashgan (to'liq statistika)         

Ektor Kuper terma jamoamiz rulida o'tkazgan 13 uchrashuvdan 5tasida g'alaba qozondi, 3 durang va 5 mag'lubiyat qayd etildi.

Kuper qo'l ostida o'rtoqlik o'yinlarida KXDR, Qatar, Osiyo Kubogida Ummon va Turkmaniston, o'rtoqlik turnirida Xitoy mag'lub etildi. 

Suriya va Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida, Osiyo Kubogida esa Avstraliya bilan 120 daqiqa durang qayd etildi va penaltilar seriyasida yutqazdik.

Eron va Janubiy Koreya bilan bo'lgan o'rtoqlik o'yinlarida mag'lubiyatga uchragan bo'lsak, Osiyo Kubogida Yaponiya va Avstraliya bizni penaltilar seriyasida yutdi. SHuningdek, o'rtoqlik turnirida Urugvayga mag'lub bo'ldik va bugungi o'rtoqlik bahsida Turkiya bizni yutdi. To'plar nisbati: 13-14.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика