So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

O'qing, lekin yig'lamang. "Tottenxem" muxlisi haqida tasirli hikoya Yangiliklar

O'qing, lekin yig'lamang. "Tottenxem" muxlisi haqida tasirli hikoya

Kuni kecha "Tottenxem" o'z maydonida "Brayton" klubini qabul qildi.

"Tottenxem" - "Brayton" o'yinidan avval "shporlar" muxlisi Roy Konnelli tvitterdagi ijtimoiy sahifasida qayg'uli voqeani aytib berdi: "Otam — "Tottenxem"ga muxlislik qilishimga sababchi bo'lgan inson. 6 yoshimda dadam meni stadionga olib borgan. 16 yil avval nafaqaga chiqib, qishloqqa ko'chib ketdi. Yangi stadionni esa hali kelib ko'rgani yo'q.

Ertaga uni arenaga olib boraman. Ehtimol, shu uchrashuv yangi stadionda tomosha qilgan yagona bahsi bo'lar... Sababi unga terminal bosqichdagi saraton kasalligi tashhisini qo'yishdi. Yigitlar unga g'alabani sovg'a qilishadi deb umid qilaman".

"Tottenxem" muxlislari tvitterda klubning shaxsiy sahifasini belgilab, do'stlari bilan ulashishdi. Postni o'qiganlar soni shu qadar oshib ketdi-ki, natijada xabar 80-yillarda to'p tepgan ikki londonlik yulduzga ham etib bordi — Grem Roberts va Miki Xazard. Ular Royga tvitter orqali xabar yo'llab, otasi bilan qaerda o'tirishini aniqlashtirib olishdi. Keyin esa ularning yoniga suratga tushish uchun borishdi.

"SHporlar"ning ashaddiy muxlislari Roberts (chapda) va Xazardni (o'ngda) juda yaxshi taniydi. Ular 80-yilning birinchi yarmida to'p tepgan — "Tottenxem"ning eng gullagan davri. O'shanda londonliklar ketma-ket ikki marotaba Angliya Kubogi finaliga chiqishgan. SHuningdek, 1984 yil UEFA Kubogini qo'lga kiritishgan.

Jamoa ham Royning otasiga xursandchilik ulasha oldi — "Tottenxem" ko'p gol urdi, biroq yarmini hisobga olishmadi. Ammo "Brayton"ga qarshi bahsda g'alabaga erishish uchun 2ta gol ularga etarli bo'ldi.

"Ijtimoiy tarmoqlarning kuchi aqlbovar qilmas darajada yuqori: kecha yozgan oddiy tvitim otamga bir umrga tatigulik kunni sovg'a qildi. "Tottenxem"ning ikki afsonasi Grem Roberts va Miki Xazardga katta rahmat! Bu kunni asosiy va esda qolarli o'tkazish uchun bergan yordamingiz uchun tashakkur. Keyn va Dele sizlarga esa g'alaba uchun alohida minnatdorchilik bildiraman", — deb yozdi o'yindan so'ng Roy Konnelli.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика