So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

“Oq-tepa”: Yangi loyiha Yangiliklar

“Oq-tepa”: Yangi loyiha

“Oq-tepa” matbuot xizmati yangi loyihaga qo'l urdi.
1-ligaga, futbolchilarimizga etiborni oshirish maqsadida kichik bir loyihaga qo'l urdik. Aslida bu maqtanishga arzigulik loyiha emas, qolaversa, beradigan sovg'amiz ham bir diplom, biroq o'sha bir varoq qog'oz orqali futbolchilarimizning mehnatini yuzaga chiqarishni lozim, deb topdik.
 
Bundan keyin “Oq-tepa”ning O'zbekiston Birinchiligidagi uy uchrashuvlaridan so'ng har ikkala jamoa safida o'zining eng yaxshi xislatarini ko'rsatgan bir nafardan futbolchi maxsus diplomimiz bilan taqdirlanadi. Odatda musobaqalarda uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi aniqlanadi. Bunday taqdirlashni yo turnir tashkilotchisi yoki homiysi o'tkazishi kerak. Biz mezbon klub matbuot xizmati bo'lganimiz bois, har ikkala jamoadan ham bir nafardan eng yaxshilarni aniqlashni lozim, deb bildik. Aks holda, aniqrog'i, bir nafar o'yinchini taqdirlasak va u “Oq-tepa” azosi bo'lsa, tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.
 
SHu erda nega faqat “Oq-tepa”ning uy uchrashuvlarida desak savolga javob berib ketsak. CHunki futbolchilar nafaqat uydagi bahslarda, balki safardagi bellashuvlarda ham ter to'kib mehnat qiladi. SHunday ekan, haqli savol tug'iladi. Birinchidan, safardagi bahslarda mehmon maqomida bo'lamiz va u erda mezbonlar qolib biz tadbir tashkil qilsak, chiroyli ko'rinmasligi mumkin. Ikkinchidan, tan olish kerak, safardagi bahslarga qandaydir sabablarga ko'ra, bora olmay qolishimiz ehtimoli ham bor. Agar sog'liq tufayli uydagi bellashuvlarda ham qatnasha olmasak, o'rnimizga boshqa rasmiy shaxslar eng yaxshilarni taqdirlab qo'yishadi. Safarda bunga ularning vaqtlari, xohishlari bo'lmasligini ayni haqiqat. Boisi, ortga qaytish tadorigini ko'rish kerak. Qolaversa, mehmondagi bellashuvlarda eng yaxshilarni aniqlamasligimizga yana bir sabab, bir maqolda aytilganidek, asalning ham ozi shirin!
 
Xullas, bugun debyut g'oliblarni aniqlaymiz. Ham “Oq-tepa”, ham “Xotira-79” safida bir nafardan eng yaxshilarni aniqlab, ularga tegishli diplomlarni topshiramiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика