So’nggi yangiliklar

18:03"Машъал" — "Андижон". Таркиблар маълум  5 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  0 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  1 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  3 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  1 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  20 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  6

"Oq-tepa": Qarag'anda jamoasi bilan durang o'ynadik Yangiliklar

"Oq-tepa": Qarag'anda jamoasi bilan durang o'ynadik

Bugun rejadagi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Qo'shni Qozog'istonning Qarag'anda shahri jamoasi “SHaxtyor”ning yoshlariga qarshi “Oq-tepa-2” maydonga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida ustunlik yoshlarimiz tomonida bo'ldi. SHuning natijasi o'laroq futbolchilarimiz hisobni birinchi bo'limning o'zidayoq ochishdi. Markaziy himoyachi Dilshod Isoqulov o'ng burchakdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan ajoyib tarzda darvozaga to'g'irlab qo'ydi. SHundan so'ng ham mehmonlar darvozasi bir necha marta ishg'ol etilishi mumkin edi, ammo ustun va to'sinlar qarag'andaliklarni gollardan qutqarib qoldi.

Tanaffusdan keyin maydondagi vaziyat tenglashdi. Mehmonlar ustozi tarkibda amalga oshirgan o'zgarishlari sababli “SHaxtyor” yoshlari jonlanishdi va o'yin yakunlanishi arafasida hisobni tenglashtirishdi. Ammo qolganiga ikkala jamoaning azolari kuchi va vaqti etmadi. SHu tariqa uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, ertaga jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvni “Paxtakor-2”ga qarshi o'tkazadi. O'yin “Oq-tepa” stadionida 12:00da start oladi. Murabbiylar shtabi mazkur bellashuvda jamoamizning asosiy tarkib o'yinchilarini maydonga tushirishni rejalashtirgan.

Nazorat uchrashuvi
OQ-TEPA-2 – SHAXTYOR-2 (Qozog'iston) – 1:1 (1:0)
23 yanvar. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa-2”: Islom Yoqubov, Dilshod Isoqulov, Abdumavlon Tursunov, A.Mamedov, SHohruh Pirnazarov, Ilmiddin Mamatboqiev, SH.Hikmatov, Zokir Mirqosimov, N.Asqarov, Sanjar Karimov, Bekzod Idiev.
Zaxiradan tushganlar: I.Odilov, Abbos Xoldorov, Orzu Razzoqov, A.Fayziev, Muhammadbobur Muhammadiev, SHohruh Aloxonov, Doston Roziqov.
Gol: Dilshod Isoqulov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика