“Oq-tepa” – “NBU-Osiyo” uchrashuvidan keyingi fikrlar
31 mar 2014 15:19
Yangiliklar

“Oq-tepa” – “NBU-Osiyo” uchrashuvidan keyingi fikrlar
O'zbekiston Kubogining 1-bosqichida “NBU-Osiyo”ni mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l olgan “Oq-tepa” endi “Mashal” bilan hisob-kitob qiladi.
Kechagi uchrashuvdan so'ng “Oq-tepa” murabbiyi Anatoliy Kurlaev va hujumchi Maruf Ahmadjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Anatoliy Kurlaev: - Mazkur bellashuv mavsumdagi ilk o'yin bo'lganligi sezilib qoldi. Futbolchilar biroz hayajonlanishdi. Qolaversa, chiziqlarda biroz tushunmovchiliklar sezildi. Lekin o'yindan-o'yinga bu kamchiliklar bartaraf etiladi. “NBU-Osiyo” jiddiy raqib ekanligi bugun yaqqol ko'rindi. Ammo shunga qaramasdan biz g'alaba nashidasini surdik. Bundan albatta xursandmiz. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday yutuqlarni qo'lga kiritib, muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman.
Maruf Ahmadjonov: - Uchrashuv qiyin kechdi. Bilasiz, o'tgan yilgiga qaraganda tarkibimizda sezilarli ravishda o'zgargan. Jamoaga nisbatan tajribali o'yinchilar kelib qo'shilgan. Bu mashg'ulotlarda ham yaqqol sezilmoqda. Bir-birimizni to'liq tushunib olishimiz uchun biroz vaqt kerak. Nasib qilsa, hammasi iziga tushib ketadi va biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishamiz.

Fikrlar