So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  14 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Oq-tepa": Mavsumni g'alaba bilan boshladik Yangiliklar

"Oq-tepa": Mavsumni g'alaba bilan boshladik

Bugun mamlakatimizning bir qator shaharlarida O'zbekiston Birinchiligi bahslariga start berildi.
"Oq-tepa” mavsumni safarda “Bunyodkor-2”ga qarshi uchrashuv bilan boshladi. Bellashuvning birinchi bo'limi jamoamiz uchun omadli keldi. Futbolchilarimiz raqib darvozasini ikki daqiqa ichida ikki bor nishonga olib, tanaffusga 0:2 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishdi. Birinchi vaziyatda hujumchi Maruf Ahmadjonov o'zini ko'rsatdi. U jarima maydoni atrofida himoyachidan faolroq harakat qilgan holda hisobiga gol yozib qo'ydi – 0:1. Oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas, endi Nikita Pavlenko iqtidorini namoyish qildi. Yarim himoyachi jarima maydoni tashqarisidan turib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi – 0:2.

Tanaffusga qadar ham, ikkinchi bo'limda ham futbolchilarimizda hisobni yirik ko'rinishga olib kelish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo yigitlarga boshqa omad kulib boqmadi. Uchrashuvning so'nggi o'n daqiqasida “sen urmasang, senga urishadi” naqli o'zini ko'rsatdi. Himoyachilarimizning qo'pol xatosidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Vladislav Nuriev o'rtadagi farqni bittaga qisqartirdi. Qolganiga mezbonlarning kuchi ham, vaqti ham etmadi. SHu tariqa “Oq-tepa” mavsumni g'alaba bilan boshladi.


O'zbekiston Birinchiligi. 1-tur
“BUNYODKOR-2” – “OQ-TEPA” - 1:2 (0:2)
3 aprel. “Bunyodkor” stadioni.
Bosh hakam:
Igor Gormashov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Mo'min Majidov (Kosonsoy), Rahim G'opurov (Namangan).
Zaxiradagi hakam: Timur Gaynullin (Toshkent).
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent).
“Bunyodkor-2”: Zafar Safoev, SHahboz Tojiboev (SHahzod Abdurahimov, 40), Islom Qobilov, Elbek Ravshanov (Sunnat Abdullajonov, 70), Nodir Mavlonov, Dilshod Ahmadaliev, Tursun Rahimberdiev (Davron Mamajonov, 55), Javohir Qaxramonov, Nuriddin Hasanov, Javohir Eshonqulov (Vladislav Nuriev, 65), Farhod Namozov.
“Oq-tepa”: SHohruh Eshbo'taev, Nodir Teshaboev (Doniyor Usmonov, 78), Zafar Qoraqulov, Nikita Sviridov (Sergey Rekun, 60), Nikita Pavlenko, Alisher SHog'ulomov, Maruf Ahmadjonov, Nodir Sadullaev, Temur Turdiev, Said Topilov, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich (Zokir Mirzaahmedov, 70).
Gollar: Maruf Ahmadjonov, 24 – 0:1. Nikita Pavlenko, 26 – 0:2. Vladislav Nuriev, 82 – 1:2.
Ogohlantirishlar: Nodir Sadullaev, 16. Zafar Qoraqulov, 27. Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, 53. Said Topilov, 68. Zokir Mirzaahmedov, 90.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика