So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  14 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

"Oq-tepa": “Bulat” irodali tarzda mag'lub etildi Yangiliklar

"Oq-tepa": “Bulat” irodali tarzda mag'lub etildi

O'zbekiston Birinchiligi bahslari start olishiga bir oydan kamroq vaqt qolganida jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Qozog'istonning “Bulat” klubiga qarshi “CHilonzor” suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yini dramatik tarzda kechdi. Bellashuvda jami 7ta gol urildi. Etiborlisi, gollarning 6tasi ikkinchi bo'limda darvozalardan joy oldi.

Hisob birinchi bo'limda mehmonlar tomonidan ochildi. Tanaffusdan so'ng “Bulat” futbolchilari o'rtadagi farqni ikkitaga etkazishdi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol ham jamoamiz azolarining kayfiyatiga salbiy tasir qilgani yo'q. Aksincha, raqib darvozasi oldida bosimni kuchaytirgan o'yinchilarimiz sanoqli daqiqlar ichida hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqishdi.

Avvaliga markaziy himoyachi Yaroslav Krushelnickiy hisobni qisqartirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay hujumchi Abdulaziz Yusupov o'ng qanotdan havodan etkazib berilgan to'pni bir harakatda oyoqlari bilan darvozaning to'qqizligiga joylab, juda chiroyli gol orqali hisobni tenglashtirdi.

Biroq hujumga berilib ketgan futbolchilarimiz jarima maydoni ichida yo'l qo'ygan xatolari sababli uchinchi to'pni ham o'tkazib yuborishdi. Ammo o'yin yakunlanishiga 10 daqiqadan sal ko'proq vaqt qolganida Anvar Rahimov hisobni tenglashtirdi. So'nggi daqiqada esa, chiroyli kombinaciyadan so'ng darvozabon qarshisida yolg'iz qolgan Sardor Soibov uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'yuvchi golni urib, jamoamizga irodali g'alabani taqdim qildi – 4:3.

Eslatib o'tamiz, “Oq-tepa” navbatdagi nazorat uchrashuvini ertaga birinchi liga vakili “Zomin”ga qarshi o'tkazadi. O'yin 11:00da “Oq-tepa” stadionida start oladi.

Nazorat uchrashuvi
OQ-TEPA – BULAT (Qozog'iston) – 4:3 (0:1)
13 mart. Toshkent. “CHilonzor” stadioni.
Bosh hakam:
Vadim Agishev.
“Oq-tepa”: Islom Yoqubov, Farhod Miraahmatov, Yaroslav Krushelnickiy, Temur Yafarov, Eldor Ergashev, SHahzod Sulaymonov (Zafarjon Qoraqulov), Anvar Rahimov, Ildar Magdeev, Sergey Rekun, Sardor Soibov, Abdulaziz Yusupov.
Gollar: Yaroslav Krushelnickiy, Abdulaziz Yusupov, Anvar Rahimov, Sardor Soibov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика