So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  36 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

“Oq bo'rilar”ning sadoqatli vakili Yangiliklar

“Oq bo'rilar”ning sadoqatli vakili

Bugun o'zbek futbolida o'z o'rni, mavqei, hurmat va etiboriga ega bo'lgan “SHo'rtan” jamoasining sadoqatli yigitlaridan biri, ko'p yillardan buyon katta mamur sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Botir Rasulov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Qahramonimizni chin manoda “Oq bo'rilar” jamoasining sadoqatli vakili deyishga to'la asoslarimiz bor. Futbol bilan bolalik chog'laridan oshno tutingan Botirjon ko'pchilik tengqurlari qatorida G'uzor futbolining ham asoschisi, ham otasi hisoblangan Eshmurod CHorshanbievga shogird tushdi va millionlar o'yinining sir-asrorlarini chuqur o'rgandi. Katta futbolga ham G'uzorliklar tarkibida qadam tashladi. Sevimli jamoasi “SHo'rtan”ning ikkinchi ligadagi bahslarida ishtirok etib, mamlakatimiz futbolining yuqori pog'anasiga ko'tarilishiga o'zining kamtarona, munosib va beqiyos hissasini qo'shdi.

“SHo'rtan” O'zbekiston CHempionati Birinchi Ligasida o'z ishtirokini boshlagan dastlabki yillarda u aka-uka Ilhom va Ikrom Norchaevlar, Bahodir Ahmedov, Karim Rustamov, SHodi Nomozov, SHuhrat Akmirzaev (marhum), Abdurahmon Yumangulov, aka-uka Baxtiyor va Ixtiyor Karimovlar, Erkin Mirzaev, Akmal Saitqulov, Bahrom Bobomurodov, Aleksey Raupov, SHavkat Ismoilov, Navro'z Jo'raev, SHuhrat Qiyomov, Aleksandr Beynarovich, Dadajon Tog'aev, aka-uka Sunnatillo, Siroj va Bahodir SHaymardonovlar, Marat Bildanov kabi nafaqat G'uzor, balki Qashqadaryo futbolining nomdor vakillari bilan bir vaqtda to'p surishga muvaffaq bo'ldi.



Botir Rasulov “Oq bo'rilar”ning Oliy Ligaga chiqishiga ham munosib yordam ko'rsatdi. Taqdir taqqozosi bilan orada Qashqadaryoning o'z davrida yana bir taniqli “Hisor” jamoasida o'ynadi va SHahrisabzliklarning ham Birinchi ligaga yo'l olishlarida birga bo'ldi.

Katta futboldagi faoliyatini yakunlaganidan keyin ham u o'z hayotini qadrdon jamoasi taqdiri bilan uzviy bog'ladi. Mana bir necha yildirki, “SHo'rtan” PFKda katta mamur vazifasida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. G'uzor jamoasining Xalqaro maydonlardagi ishtirokida, shuningdek O'zbekiston CHempionatlari va mamlakat Kubogi bahslaridagi muvaffaqiyatlarida birgalikda hamnafas bo'lib kelmoqda.

Masuliyatli, halol va fidokorona mehnatlari evaziga Botir Rasulov nafaqat “SHo'rtan” jamoasida, balki Superliganing “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “AGMK, “Metallurg”, “Andijon”, “Qo'qon-1912”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Dinamo”, “Buxoro”, “Qizilqum”, “Surxon”, “Nasaf”, shuningdek PRO-Liganing ko'pgina jamoalarida mehnat qilayotgan hamkasblari va do'stlari orasida katta hurmat hamda etiborga erishgan.

SHu munosabat bilan “SHo'rtan” PFK rahbariyati, xodimlari, murabbiylar guruhi, futbolchilari va ko'p ming sonli muxlislari nomidan Botir Rasulovga ushbu kunda avvalo sog'lik, salomatlik, oilaviy tinchlik, xotirjamlik, ishlariga rivoj tilaymiz.

Tug'ilgan kun muborak bo'lsin Botirjon, deb qolamiz!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика