So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

O'n yil oldingi Ueyn Runi qaerga yo'qoldi? Yangiliklar

O'n yil oldingi Ueyn Runi qaerga yo'qoldi?

Ueyn Runi rekordlarni yangilashda davom etmoqda, ammo u o'z formasida emas. Unga nima bo'ldi?

O'tgan haftada BBC Angliya terma jamoasi tarixida eng yaxshi to'puararga aylangan Ueyn Runi hayoti to'g'risida hujjatli filmni taqdim etdi. Runi jahon darajasidagi futbolchi bo'lib qolayotganiga hech kim shubha qilmaydi, ammo 2004 yildagi Ueyn qaerga yo'qoldi?

Tarix Ueyn Runini eng yaxshi ingliz futbolchilaridan biri deb eslaydi, ammo hujumchi o'zining tabiiy imkoniyatlaridan to'liq foydalanmayotganiga ko'pchilik qo'shilsa kerak.


Ayni damda Ueyn Runi - terma jamoa va klub sardori, gollar bo'yicha rekordchi va ko'plab sovrinlar egasi. U yana 15ta gol ursa "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to'puararga aylanadi.

Teparoqda keltirilgan malumotlardan so'ng maqola nomi g'alatiga o'xshab ko'rinadi, ammo oramizda ko'plab insonlar Runidan bundan ortig'ini kutgan edi.


MYU sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson faoliyatini yakunlashiga qadar Ueyn Runida ideal, universal va ko'p qirrali futbolchini ko'rmoqchi edi.


18 yoshli Ueyn Runi ikkinchi hujumchi rolida mashhurlikka erishdi. U to'p bilan xohlagan ishini qilar edi. Bir o'yinda 3ta gol, istagan joyida o'ylab o'tirmay zarbalar...


Hozir Runi o'sha futbolchi emas. Yarim himoyachi, to'qqizinchi raqam, o'ninchi raqam - u har qaysi rolda paydo bo'lishi mumkin, ammo u hech qaerda eng yaxshi emas.


Ueyn Runi doimo ko'plab bahslarga sabab bo'lgan, lekin ko'proq uning poziciyasi borasida tortishilgan. U foydali 9-raqam bo'lishi mumkin edi, u ko'plab poziciyalarga ko'nikib ketadi. Runi jangari 10-raqam ham bo'la oladi, ammo u ushbu poziciyada buyuk bo'lishi uchun etarlicha bilimga ega emas. U Xuan Roman Rikelme va Kaka kabi futbolchilarga eta olmaydi.


Runi ikkinchi hujumchi rolida yaxshi ko'rinar edi. U uchun 4-4-2 yoki 4-4-1-1 sxemalari qulay edi, chunki Ueyn ushbu tuzilishlarda erkin harakat qila oladi. Aynan shu narsa unga halal berdi. Runiga to'g'ri kelgan sxema qolganlarga mos bo'lmagan.


Runi o'sha sxemada yangi darajaga chiqayotganida butun Premer-liga 4-3-3 yoki 4-2-3-1 sxemasiga o'tishni boshlagan. Bu sxemalarning birortasi Runiga mos bo'lmagan. Ueyn Luis Saa bilan yaxshi tandem hosil qiladi, ammo francuz juda ko'p jarohat olar, Runiga yoqadigan sxemalar esa ortda qolgan edi. Xaver Ernandes Ueyn Runi bilan bo'lgan faoliyatini yaxshi boshladi, ammo keyinroq unda pasayish kuzatildi.


Runi faoliyati davomida chap va markaziy hujumchilar hisoblanadigan Robin van Persi, Krishtianu Ronaldu va Dimitar Berbatovlarning ortida o'ynagan.


Fergyuson Runini joyini o'zgartirib, undan mehnatkash va universalni kashf etdi. Runi o'zining yovvoyi "qotil" tuyg'ularini unuta boshlaydi. Runining kuchi uning jo'shqinligida edi: Uning 2005 yilda hakam Nil Barri bilan kelishmovchiligidan so'ng "Nyukasl" darvozasiga urgan golidan keyingi g'azabini eslang.


Runi xuddi o'z jarima maydonchasini tashlab ketishni to'xtatgan Rio Ferdinand kabi o'zining individual sifatlarini yo'qotar edi.


Ueynning faoliyatida ikki xillik kuzatila boshlandi. U klubda baxtli, terma jamoada esa aksi edi. "Yunayted" unga bosim o'tkazmayotganda, muxlislar undan sexr kutardi. Runi Fergyuson bilan ishlashdan rohatlanayotgan bir paytda, Stiv Maklaren va Fabio Kapello Ueynni "cho'ktirar" edi.


Terma jamoa bosh murabbiyiligiga Roy Xojson kelganidan so'ng, Runi barqaror o'yin ko'rsata boshladi, ammo ser Aleks bilan munosabatlar aksincha bo'ldi. SHotlandiyalik murabbiy ketganidan so'ng, klub cho'kishni boshladi. Jarohatlar, bosim, tufayli Runi o'z faoliyatidan mamnun bo'lmagan - bazida klub, bazida terma jamoa halaqit qilardi. Bu paytda ruhiy holat katta o'rin tutgan.


Ueyn "Yunayted"ga kelganida gol mashinasi edi, ammo yildan-yilga uning foydalilik koeffitcenti va to'purarlik qobiliyati pasaya boshladi. Uning tabiiy qobiliyati yo'qolgandek va bir qadam uzoqlikda bo'lgan "Oltin to'p" endi umuman ko'rinmay qoldi.


Iqtidor qaerlardadur bor - 2011 yilda "Manchester Siti va 2014 yilda "Vest Xem"ga urgan gollarini eslasak. 


"Biz so'nggi 30 yil ichida bu mamlakatning eng yaxshi yosh futbolchisini safimizga qo'shib oldik" - degan edi Fergyuson.


Runi "iblis"ga aylan!


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика