So’nggi yangiliklar

00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  0 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  12 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  5 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  3 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  15 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31

O'mon bilan o'yinlar tarixidan. Olmaliqqa kelgan PSJ sobiq murabbiyi, o'zgargan O'zbekiston, debyutant Ahmedov va G'ofurov Yangiliklar

O'mon bilan o'yinlar tarixidan. Olmaliqqa kelgan PSJ sobiq murabbiyi, o'zgargan O'zbekiston, debyutant Ahmedov va G'ofurov

Teglar :  O'zbekistonO'mon
O'mon bilan tarixda bo'lib o'tgan uchrashuvlarni yodga olishda davom etamiz.

Bugun yodga olmoqchi bo'lgan uchrashuvimizga Olmaliq shahri mezbonlik qilgan va o'yin hozirgi OKMK stadionida bo'lib o'tgan. Unda Mirjalol Qosimov shogirdlari o'rtoqlik uchrashuvi doirasida franciyalik Pol Le Guen boshchiligidagi O'mon terma jamoasini qabul qilgan. Tajribali mutaxassis bunga qadar Kamerun terma jamoasi, PSJ, “Lion” klublaridagi faoliyati bilan tanilganini katta yoshli ishqibozlar yaxshi bilishadi deb o'ylaymiz.

Osiyo kubogi-2015 tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan terma jamoamizga O'mon sparring raqib vazifasini o'taydi. Bilasiz, bu terma jamoa bilan ilgarlari ko'p bor yo'llarimiz kesishgan. JCH-2002 saralash bosqichida 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz, birinchi o'yinda 5:0 hisobida vakillarimizning qo'li baland kelgan. SHunday ekan ularga jiddiy munosabatda bo'lish talab etilardi. Garchi, o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham. 

Murabbiy ushbu bellashuvga umuman boshqa va hech kim kutmagan futbolchilarni tarkibga jalb qildi. CHaqirilganlar orasida yangi nomlarni uchratshimiz mumkin edi. Azim Ahmedov, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Sanjar SHoahmedov, Navro'zbek Alimov va hokazo. SHuningdek, o'sha vaqtda Serbiyaning “Yavor” klubida to'p tepayotgan yosh futbolchi Husniddin G'ofurovga imkoniyat beradi. Tajribali yarim himoyachi shundan so'ng Ektor Kuper davridagina chaqiruv oladi. Bahsni nisbatan ikkinchi tarkib bilan boshlagan terma jamoamizni Odil Ahmedov sardor sifatida olib tushdi. Server Jeparov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Temur Kapadze singari etakchilar bu safar qaydnomadan o'rin olishmadi. O'yin rasmiy maqomga ega bo'lmagani uchun qolgan futbolchilar sinovdan o'tkazishga qaror qilindi. Bu paytga kelib Baxtiyor Ashurmatov ham murabbiylar shtabiga taklif etilgandi. Qosimov ham “Bunyodkor”dan ketib bor etiborini milliy jamoaga qaratishga kirishgandi. 

O'mon darvozasini shu kuni ko'pchilik kutgan, Angliyaning “Uigan”, “Vest Bromvich” klublarida harakat qilgan Ali Al Habsi emas, Al Rashidi qo'riqlaydi. Ilk daqiqalardan mazmunli futbol ko'rsatishga harakat qilga futbolchilarimiz asosan bir tepar usuli bilan o'monliklar himoyasini yorib o'tishga harakat qilib ko'rishdi. To'p nazorati ham hamyurtlarimiz tomonida bo'ldi. 

Ammo, 17-daqiqaga kelib raqib o'yindagi ilk hujumini tashkil qildi. Himoyachilarimiz esa qupollik bilan ularning o'yinchisini to'xtatdi. Vladislav Ceytlin belgilagan nuqtaga Al Xadri yaqinlashdi va Eldor Suyunov darvozasi tomon zarba yo'lladi. Darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Al Mahaijri gol urib hisobni ochadi. Ushbu futbolchi O'mo terma jamoasida shu vaqtga qadar eng ko'p 178ta uchrashuvda qatnashgan o'yinchi hisoblanadi. Aynan uning goli birinchi bellashuvda jamoasiga g'alabani olib kelgandi. 

Bir tomondan mag'lubiyatga oddiy qarash kerak, boshqa tomondan mag'lubiyat FIFA reytingimizga salbiy tasir qilishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda zahiradan Fozil Musaev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidovlar tushganiga qaramasdan baribir yakunda mag'lubiyatga uchradik. Biroq, mazkur o'yinda ayrim yosh futbolchilar terma jamoadagi debyutini nishonlashga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi o'yin Toshkentda JAR stadionida o'tgan va unda ham termamiz mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Bu bahs Maksim SHackix, Ulug'bek Bakaev, Viktor Karpenko O'zbekiston terma jamoasi libosida so'nggi bor maydonga tushgani bilan ahamiyatli hisoblangan. 


O'rtoqlik uchrashuvi.

O'zbekiston – O'mon– 0:1

27.05.2014. Olmaliq. OKMK stadioni.

Gol: Ahmad Al Mahaijri 19.

O'zbekiston: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Boburbek Yuldashev, SHuhrat Muhammadiev, Azimjon Ahmedov (Sardor Sobirxo'jaev, 72), Oleg Zoteev, Odil Ahmedov (Fozil Musaev, 54), Jamshid Iskanderov (Jasur Hasanov, 67), Sanjar SHoahmedov (Igor Sergeev, 54), Ivan Nagaev (Navro'zbek Alimov, 67), Husniddin G'ofurov (Sardor Rashidov, 46).

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика