So’nggi yangiliklar

21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  0 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  4 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  3 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  15 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0

"Oltin to'p"ni yutishga loyiq bo'lgan 5 yarim himoyachi Yangiliklar

"Oltin to'p"ni yutishga loyiq bo'lgan 5 yarim himoyachi

"Oltin to'p" - dunyoning eng kuchli futbolchisiga topshirilayotgan sovrin.

Mana 10 yildirki, Ronaldu-Messi tandemi bu sovrinni boshqalarga bermayapti. Ammo shunday yarim himoyachilar borki, "Oltin to'p"ga ega chiqishi kerak edi.

Misol uchun...

5. TONI KROOS

"Biz senga yiliga 10 mln evro maosh to'lay olmaymiz, sababi sen top-futbolchi emas", - degandi "Bavariya" rasmiysi Karl-Xaync Rummenigge. O'sha vaqtlarda Kroos Myunxen jamoasi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borayotgandi.

Oradan bir oy o'tib, "Real" 25 mln evro evaziga Kroosni sotib oldi. Bu esa futbol muxlislari tomonidan asr transferi deb ataldi. Pep Gvardiola unga katta ishonch bildirmadi va Mario Gyotcega imkoniyat berdi.

2014 yilda "Real"ga o'tgan Kroos jamoa tarkibida 2 bora ECHL g'olibligini qo'lga kiritdi va bir necha bora yil ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. U Ronalduning gollari va jamoasining g'alabalarida o'z hissasini qo'shdi. 2014 yilda esa "Oltin to'p"ni yutishi mumkin bo'lganlar yakuniy uchligida ko'rinish berdi.

4. SERXIO BUSKETS

Serxio Buskets 2010 yilda Inesta bilan birgalikda top-futbolchiga aylandi. Himoyaga ixtisoslashgan futbolchi "Barselona" va Ispaniya termasining yuragiga aylandi.

U biror marta ham "Oltin to'p"ning yakuniy uchligiga kirmagan. Biroq Serxioning o'yinlarini kuzatar ekansiz, kuchli o'yinlari tufayli sovrinni qo'lga kiritishga haqliligi seziladi. Jurnalistlar, muxlislar uning "Oltin to'p"ni yutishini kerakligini ko'p bora yozishdi. Biroq ovoz beruvchilar uning ismini yozib qoldirishmadi.

Buskets "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmasa-da, haqiqiy jonkuyar futbolchi va jamoalarining yuragi bo'lib qolaveradi.

3. N’GOLO KANTE

Kante bir necha yillardan buyon barqaror o'yin namoyish etmoqda. U "CHelsi" va "Lester" tarkibida shunchalar ishonch bilan harakat qilmoqda-ki, unga etirozlar bo'lmayapti.

Kante markaziy yarim himoyada u katta masuliyatni o'z bo'yniga olgan va u orqali "CHelsi" barcha raqiblari bilan bahslarda markazda ustunlikka erishmoqda. U o'z jarima maydonidan raqibi "qutisi"ga qadar katta zonada o'ynaydi va hujumlarni qaytarishda juda yaxshi o'yin ko'rsatadi.

Kante ham bunday yorqin o'yinlari bilan "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak. Biroq bunday vaqtda unga yo'l bo'lsin.

2. LUKA MODRICH

Modrich 2012 yilda "Real" amalga oshirgan eng yaxshi transfer bo'lib qoldi. "Real" xorvatiyalik orqali markazdagi katta hududni egalladi.

Qaysidir vaqt davomida Modrichni tanqid qilishgani eshitilmadi. Uzoq yillardan buyon u barqaror tarzda o'yin ko'rsatmoqda.

Ayni damda u 32 yoshga kirdi. "Real" kelajakda Modrich kabi futbolchi topishi qiyin.

Luka o'zining chiroyli paslari va havolatib to'p oshirishlari orqali barchaning etiborini qozondi. Ammo "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmasdi. Agarda Modrich bundan 15 yil oldin shunday o'yin ko'rsatganida, bemalol ushbu sovrinni qo'lga kiritardi.

1. ANDRES INESTA

Nafaqat "Barselona", balki futbolning tirik afsonasi. Barcha uning 116-daqiqada JCH finalida Gollandiyaga urgan golini eslaydi.

Yaqin orada so'nggi uchrashuvini o'tkazadigan Inesta 9 marta LaLiga, 7 Ispaniya Superkubogi, 6 Ispaniya kubogi, 4 ECHL sovrini, 3 Evropa Superkubogi va marta klublar o'rtasidagi JCH g'olibi bo'lgan.

Ko'p bora "Oltin to'p"ning yakuniy uchligiga kirgan afsonaga bu sovrin nasib etmadi. Ammo u har doim FIFAning yakuniy ramziy termasidan o'rin oldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика