"Oltin to'p"ni xohlaydi, Lebron bilan tenglashtiriladi, "Real"ga o'tishni istisno etmaydi - Mbappening NYT'ga bergan intervyusidan asosiy qismlar
08 sen 2022 19:02
Yangiliklar
"Oltin to'p"ni xohlaydi, Lebron bilan tenglashtiriladi, "Real"ga o'tishni istisno etmaydi - Mbappening NYT'ga bergan intervyusidan asosiy qismlar
Kilian Mbappe — so'nggi kunlarning asosiy qahramonlaridan. Hujumchi "Yuventus"ga qarshi o'yindagi dubli tufayli barchadan tez (23 yosh va 260 kun) CHempionlar Ligasida 35ta gol urdi — hatto Leo Messi (23 yosh 307 kun)dan ham o'tib ketdi.
Francuz kuni kecha The New York Times'ga intervyu berib, "Real"ga amalga oshmay qolgan transfer, "Oltin to'p" rejalari va hatto Emmanuel Makron haqida gapirdi.
15 yoshida o'zini Times jurnalining muqovasiga joylashtirdi. To'rt yil o'tib haqiqiysida paydo bo'ldi.
2014 yilda Mbappe hali "Monako" akademiyasida bo'lganida, murabbiylar Kilian va uning jamoadoshlaridan qandaydir jurnal muqovasiga o'zlarini qo'yishni so'rashgan. Mbappe maydalashib o'tirmadi va o'zini Times'ga "qo'ydi" — "Maestro" deb imzo chekdi va bir necha sarlavhalar o'ylab topdi. Uning hayolicha, Joze Mourinyu forvardning tez orada porlashi, Dide Desham esa terma jamoaga chaqirmoqchi ekanligi haqida aytgan.
Mbappe to'rt yil o'tib Times'ning haqiqiy muqovasida paydo bo'ldi.
"Aqldan ozish, — dedi futbolchi The New York Times'da. — 15 yoshingizda sizda maqsadlar bor — barcha bolalarda ambiciyalar bor. Ammo, hammasi haqiqatga aylanganda, bu ajoyib bo'ladi".
Emeriga shart qo'ydi — yomon o'yinlardan so'ng uni zaxiraga joylamaslik
Mbappe PSJga 2017 yilda ijara asosida o'tdi va malum bo'lishicha, Unai Emeriga shart qo'ygan: muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng uni zaxiraga "mixlamaslik". Faqatgina u ketma-ket bir necha o'yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchramasa.
"Uning o'shandayoq faoliyatida rejasi bor edi. U aytdi: "PSJ bilan besh yillik shartnoma tuzaman, shundan so'ng keyingi qadamlar haqida o'ylab ko'raman", — deya Unai Emerining Mbappe bilan 2017 yilda ilk bor gaplashganidan keyingi so'zlarini iqtibos keltirdi The New York Times.
Xayriya ishlari bilan shug'ullanadi va Lebron bilan tenglashtiriladi
Kilianda Parij va uning atrofidagi kambag'al bolalarga yordam beradigan xayriya fondi bor. Mbappe futbolchilar boshqalarga yordam berishga intilayotganidan juda ham mamnun ekanligini aytdi. Pandemiya paytida u Markus Reshfordni Britaniyadagi bolalar va kambag'allarga yordam berish uchun bir nechta kampanilarni muvaffaqiyatli tashkil etgani bilan tabrikladi.
Mbappe biznes va xayriya ishlarini qurishda Lebron Jeymsga ergashadi. Ular to'rt yil oldin Nike tadbirida tanishishgan. "Lebron — men uchun ruhlantiruvchi va dono maslahatchi", — deydi Kilian.
Parijda pul uchun qolmaganini aytadi
Mbappe Madridning "Real" klubini pul tufayli rad etmaganini takidlaydi: "Sababi har qanday klubga borsam, pul olaman".
Ammo, Mbappe kelajakda "Madrid" uchun o'ynashini istisno etmadi: "Hech qachon nima bo'lishini bilmaysan. Men hech qachon ushbu klubda o'ynamaganmana, ammo "Real" uyim yoki shunga o'xshash nimadirday ko'rinadi".
Mbappe PSJ bilan shartnomani jumladan Makron sabab uzaytirdi
Mbappe Franciya prezidenti uning PSJda qolish qaroriga tasir ko'rsatganini aytdi: "Hech qachon kelajagim haqida Franciya prezidenti bilan gaplashaman deb o'ylamagandim. Bu dahshat".
U menga aytdi: "Seni qolishingni xohlayman. Hozir ketishingni xohlamayman, sen mamlakat uchun juda muhimsan. Hali "Real"da o'ynashga ulgurasan, hozir to'xta". Albatta, prezident senga bunday gapirganda, buni hisobga olmaslikning iloji yo'q".
Messi va Ronaldudan so'ng "Oltin to'p"larni olishni xohlaydi
Kilian uchun PSJ bilan CHempionlar Ligasidagi sovrin bosh maqsadligicha qolmoqda, ammo, albatta, u "Oltin to'p" uchun ham davogarlik qiladi. U Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining o'rinbosari bo'lishga tayyorligini aytadi.
"Uni tez orada yutaman deb o'ylayman. Doim u haqida orzu qilishimni aytganman. Menda chegaralar yo'q. SHunday ekan, siz aytganingizdek, albatta yangi avlod keladi. Ronaldu va Messi to'xtaydi. Yana kimdir, yangi kimdir paydo bo'lishi kerak".
Mbappe hayotdan to'laqonli mamnun, ammo erta ulg'ayganiga afsus qiladi
"Afsus qiladigan yagona narsam, — erkak sifatida erta ulg'aydim, — deb qayd etdi Kilian intervyu so'nggida. — Ammo, bu men doim xohlagan hayot. Men juda ham baxtli va minnadorman".
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar