So’nggi yangiliklar

15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  0 14:38Винисиус шартномани узайтирмаса, "Реал" Витиньяни сотиб олиши мумкин. Бразилиялик футболчи учун 100 млн евро талаб қилинади, пул эса ПСЖ хавбекига сарфланади  0 14:15"Манчестер Юнайтед" 45 ой (!) ўтиб ғалаба қозонди...  1 13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  1 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  5 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  12 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  4 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  3 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  6 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  8

"Oltin to'p" taqdirlash marosimi 23:30 da boshlanadi, reytingdagi o'rinlar esa 19:30 dan boshlab elon qilib boriladi Yangiliklar

"Oltin to'p" taqdirlash marosimi 23:30 da boshlanadi, reytingdagi o'rinlar esa 19:30 dan boshlab elon qilib boriladi

Bugun Parijda “Oltin to'p”ni topshirish marosimi bo'lib o'tadi.

Jahon futbolidagi asosiy individual sovringa davogarlar reytingidagi o'rinlarni elon qilish Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi. 22:00 gacha 30-o'rindan 11-o'ringacha o'rinlar ochiqlanadi.

Soat 23:30 da asosiy tantanali marosim boshlanadi, unda eng kuchli 10 nafar davogar va "Oltin to'p" sohibi hamda marosimning boshqa sovrinlari malum qilinadi.

SHuningdek, bugun ayollar "Oltin to'p"i, eng yaxshi darvozabon uchun Lev Yashin mukofoti, eng yaxshi hujumchi uchun Gerd Myuller mukofoti, eng yaxshi yosh futbolchi uchun Kopa Trophy, eng yaxshi klub mukofoti, shuningdek, "chempionlar tomonidan amalga oshirilgan birdamlikning eng yaxshi harakatlari uchun" Sokrates nomidagi sovrin topshiriladi. 

Bu yil "Oltin to'p" birinchi marta kalendar yilida emas, balki bir mavsumdagi ko'rsatkichlar natijalariga ko'ra topshirilishi kutilmoqda.

"Oltin to'p-2022"ni qo'lga kiritishga 30 nafar nomzod bor:

Tibo Kurtua ("Real", Belgiya)

Rafael Leau ("Milan", Portugaliya)

Kristofer Nkunku ("Leypcig", Franciya)

Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr)

Joshua Kimmix ("Bavariya", Germaniya)

Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul", Angliya)

Vinisius Junior ("Real", Braziliya)

Bernardu Silva ("Manchester Siti", Portugaliya)

Luis Dias ("Liverpul", Kolumbiya)

Robert Levandovski ("Barselona" / "Bavariya", Polsha)

Riyad Marez ("Manchester Siti", Jazoir)

Kazemiro ("Manchester Yunayted" / "Real", Braziliya)

Son Xyon Min ("Tottenxem", Janubiy Koreya)

Fabino ("Liverpul", Braziliya)

Karim Benzema ("Real", Franciya)

Filip Foden ("Manchester Siti", Angliya)

Harri Keyn ("Tottenxem", Angliya)

Sadio Mane ("Bavariya" / "Liverpul", Senegal)

Darvin Nunes ("Liverpul" / "Benfika", Urugvay)

Mayk Menyan ("Milan", Franciya)

Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya)

Sebastyan Alle ("Borussiya" Dortmund / "Ayaks", Kot-d′Ivuar)

Luka Modrich ("Real", Xorvatiya)

Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", Portugaliya)

Antonio Ryudiger ("Real" / "CHelsi", Germaniya)

Joau Kanselu ("Manchester Siti", Portugaliya)

Erling Holand ("Manchester Siti" / "Borussiya" Dortmund, Norvegiya)

Kilian Mbappe (PSJ, Franciya)

Virjil van Deyk ("Liverpul", Niderlandiya)

Dushan Vlaxovich ("Yuventus", Serbiya)

2021 yilda bu yil nomzodlar ro'yxatiga kiritilmagan parijliklar hujumchisi Lionel Messi o'zining ettinchi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritgan edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика